AFC Osiyo Kubogi 2015
From Wikipedia, the free encyclopedia
AFC Osiyo kubogi 2015 Osiyo kubogining 16-musobaqasi hisoblanadi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan xalqaro futbol musobaqasi sifatida oʻtkazilib kelinadi. Avstraliya 2015-yilning 9-yanvardan 31-yanvargacha ilk bora bu turnirga mezbonlik qildi.[1] Avstraliya terma jamoasi finalda Janubiy Koreya terma jamoasini qoʻshimcha vaqtlarda 2-1 hisobida magʻlub etib, chempionat gʻolibi boʻldi va 2017-yilgi Rossiyada boʻlib oʻtadigan Konfederatsiyalar kubogida qatnashadigan boʻldi.
Osiyo kubogi Avstraliya 2015 Asian cup Australia 2015 | |
---|---|
Osiyo kubogi 2015 logotipi | |
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Avstraliya |
Sana | 9 yanvar - 31 yanvar (23 kun) |
Jamoalar | 16 (AFC ta konfederatsiyadans) (16 ta assotsiatsiyadan) |
Bellashuv joylari | 5 (5 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | Avstraliya (1-marta) |
2-oʻrin | Janubiy Koreya |
3-oʻrin | Birlashgan Arab Amirliklari |
4-oʻrin | Iroq |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 32 |
Gollar soni | 85 (har oʻyinda oʻrtacha 2.66 ta) |
Muxlislar soni | 649 705 (har oʻyinda oʻrtacha 20 303 ta) |
Toʻpurar(lar) |
UAE Ali Mabkhout (5ta gol) |
Eng yaxshi oʻyinchi | AUS Massimo Luongo |
Eng yaxshi darvozabon | AUS Mathew Ryan |
Feyr-pley jamoa | Avstraliya |
2019 → |
Chempion 2-oʻrin |
3-oʻrin 4-oʻrin |
Chorak final Guruh bosqichi |
Avstraliya 2011-yilning 5-yanvarida rasman musobaqaning mezboni deb eʼlon qilindi. Musobaqa oʻyinlari beshta shaharning (Brisben, Kanberra, Melburn, Nyukasl va Sidney) beshta turli oʻyingohlarida boʻlib oʻtdi. Bu musobaqaga Avstraaliya ilk bora mezbonlik qildi, hamda, ushbu musobaqa ilk bora Osiyo qitʼasidan tashqari boshqa qitʼada boʻlib oʻtdi. Mezbon sifatida, Avstraliya musobaqada bevosita ishtirok etdi, qolgan 15 jamoa (Yaponiya va Janubiy Koreyadan tashqari, chunki ular oʻtgan Osiyo kubogi sovrinlariga ega boʻlib, yoʻllanmalarni avvaldan qoʻlga kiritgan) 2013-yilning fevralidan 2014-yilning mart oyiga qadar boʻlib oʻtadigan va 44ta jamoa ishtirok etadigan saralash bosqichi orqali saralandi.