AFC U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichi 2016
From Wikipedia, the free encyclopedia
AFC U-16 Osiyo chempionati 2016 saralash bosqichi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan tashkillashtirilgan yoshlar futbol musobaqasi hisoblanadi, ushbu saralash bosqichi AFC U-16 Osiyo chempionati 2016 musobaqasi uchun jamoalarni saralab beradi, bu musobaqada faqat 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar qatnashadi.
Umumiy maʼlumotlar | |
---|---|
Mezbon davlatlar |
Falastin (A guruhi) Qirgʻiziston (B guruhi) Qatar (C guruhi) Bangladesh (D guruhi) Eron (E guruhi) Quvayt (F guruhi) Laos (G guruhi) Singapur (H guruhi) Xitoy (I guruhi) Vyetnam (J guruhi) Mongoliya (K guruhi) |
Sana | 2–20-sentabr 2015 |
Jamoalar | 45 (1 ta konfederatsiyadan) |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 61 |
Gollar soni | 341 (har oʻyinda oʻrtacha 5.59 ta) |
Muxlislar soni | 71 152 (har oʻyinda oʻrtacha 1 166 ta) |
Toʻpurar(lar) |
KOR Park Jeong-in UZB Rasul Yoʻldoshov (6 gol) |
← 2014 2018 → |
Final turnirida jami 16ta terma jamoa qatnashadi, unga Hindiston mezbonlik qiladi. Hindiston terma jamoasi toʻgʻridan toʻgʻri final bosqichida qatnashadi, ammo ushbu saralash boqichida ham bellashadi.[1]
Final bosqichining 4ta gʻoliblari 2017-yili Hindistonda boʻladigan jahon chempionatida ishtirok etadi (Hindiston jahon chempionatida avtomatik tarzda qatnashishini hisobga olsak, final bosqichining 5-oʻrini ham jahon chempionatida qatnashadi).