![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b4/Abdul_Rashid_Dostum_in_September_2014.jpg/640px-Abdul_Rashid_Dostum_in_September_2014.jpg&w=640&q=50)
Abdul Rashid Doʻstum
From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdul Rashid Doʻstum (oʻzbekcha: Abdul Rashid Doʻstum, dariycha: عبدالرشید دوستم) — Afgʻoniston davlat va siyosat arbobi, marshal[1]. 2014-yildan boshlab Afgʻoniston Vitse-Prezidenti va ilgari Ahmad Ziyo Mesut va Muhammad Mohaqiqlar bilan birgalikda Afgʻoniston Milliy Kengashi rahbarlaridan biri, shuningdek Junbish-e milliy-yi Islami-yi Afgʻoniston]] siyosiy partiyasi (oʻzbekcha: Afgʻoniston Milliy Islomiy harakati) rahbari. U afgʻon urushi oʻtmishida milliy armiya safida uzoq vaqt hizmat qilganligi bilan ham Afgʻoniston siyosatida muhim shaxslardan biri hisoblanadi.
![]() | |
Vitse-Prezident Mansabda | |
2014-yilning 29-sentabridan dan beri mansabda | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
---|---|
Prezident | Ashraf Gʻani |
Avvalgi Vitse-Prezident | Yunus Kanuni |
Tavalludi |
15-avgust 1954-yil (1954-08-15) (69 yosh) Joʻzjon viloyati, ![]() |
Kasbi | Afgʻoniston Oliy Qoʻmondoni |
Doʻstum Sovet ittifoqi qoʻshinlarining Afgʻonistondagi harbiy amaliyotlari chogʻida afgʻon armiyasiga boshchilik qilgan. Keyinchalik mustaqil ravishda Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamoasiga rahbarlik qilgan. Shuning birga 80-yillari Mujohidlarga va 90-yillarda Tolibonga qarshi harbiy toʻqnashuvlarda faol ishtirok etgan.