Acclaim Entertainment
From Wikipedia, the free encyclopedia
Acclaim Entertainment — Amerika kompyuter oʻyinlari ishlab chiqaruvchisi va nashriyoti. Kompaniya kompyuter oʻyinlarini turli xil oʻyin platformalarida ishlab chiqdi, nashr etdi, tarqatdi va bozor yordamini taqdim etdi, jumladan:
- Sega tizimlari: Mega Drive, Saturn, Dreamcast, Game Gear va Yevropa mintaqasida Sega Master System;
- Nintendo tizimlari: NES, SNES, Nintendo 64, GameCube, Game Boy, Game Boy Color, Game Boy Advance;
- Sony tizimlari: PlayStation, PlayStation 2;
- Microsoft Xbox.
- kompaniya uchun kamroq xarakterli bozorlar: PC va arkada avtomatlar.
Qisqa faktlar Turi, Tarmogʻi ...
Turi | ommaviy kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | Andoza:ISIC |
Birja listingi | AKLM |
Qachon asos solingan | 1987 |
Qchon tugatilgan | 2004 |
Tugatilish sababi | bankrotlik |
Joylashuvi | AQSh, Nyu-York, Glen Cove |
Asoschi(lari) | Gregory Fischbach |
Mahsulot(lar)i | kompyuter o'yinlari, komikslar |
Ishchilar soni | taxminan 800 (2001) |
Yopish
2004-yilda Acclaim Entertainment tugatilgandan soʻng, logo va savdo belgisi huquqlari uchinchi tomon kompaniyasi Acclaim Games (hozirda u ham tugatilgan) tomonidan sotib olindi. Kanadadagi kompyuter oʻyinlari nashriyoti Throwback Entertainment Acclaim oʻyin kutubxonasidan 150 dan ortiq nomlarini ishlatish huquqini qoʻlga kiritdi. 2010-yilning iyul oyida we Go Interactive (Seul, Koreya Respublikasi) Throwback Entertainmentdan Re-Volt, RC Revenge Pro va RC de GO bilan bogʻliq barcha huquqlarni sotib oldi[1].