![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3e/Einstein_1921_by_F_Schmutzer_-_restoration.jpg/640px-Einstein_1921_by_F_Schmutzer_-_restoration.jpg&w=640&q=50)
Albert Einstein
fizik, nisbiylik nazariyasining muallifi / From Wikipedia, the free encyclopedia
(talaffuzi: Albert Eynshteyn; 14-mart 1879-yil — 18-aprel 1955-yil) — nemis va yahudiy fizik-nazariyotchisi, barcha zamonlarning eng buyuk va eng katta taʼsirga ega fizik olim.[1] ning maktabda matematikadan imtihonlardan yiqilgani va ikkichi boʻlgani haqidagi asotirlar rost emas. Aslida u 12 yoshgacha matematika maktab kursini oʻrganib olgan, keyin ota-onasi unga boshqa, qiyinroq kitoblar berishgan.[2] 15 yoshida differensial va integral algebrani yaxshi bilar edi.[3] Uning matematikadan goʻyoki oqsaganini Robert Ripley 1935-yilgi gazeta maqolasi uchun toʻqib chiqargan.[2]
![]() Eynshteyn 1921-yilda | |
Tavalludi |
14-mart 1879-yil Ulm, Württemberg qirolligi, Germaniya imperiyasi |
Vafoti |
18-aprel 1955-yil(1955-04-18) (76 yoshda) Princeton, New Jersey, AQSh |
Istiqomat joylari | Germaniya, Italiya, Shveytsariya, AQSH |
Fuqaroligi |
![]() ![]() ![]() |
Sohasi | Fizika |
Taʼlimi | ETH Zürich |
Akademik rahbarlari | Alfred Kleiner |
Mashhur ishlari |
Umumiy nisbiylik nazariyasi Xususiy nisbiylik nazariyasi Brown harakati Fotoelektrik effekt Massa-energiya ayniyati Eynshteyn maydon ayniyatlari Bose–Eynshteyn statistikasi |
Mukofotlari |
![]() Copley medali (1925) Max Planck medali (1929) |
U nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Nisbiylik va kvant mexanikasi zamonaviy fizikaning ikkita ustunidir. Uning nisbiylik nazariyasidan kelib chiqqan E=mc2 Massa-energiya ekvivalenti formulasi „dunyodagi eng mashhur tenglama“ deb nomlangan.
Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya Fanlar akademiyasi fizika instituti direktori (1914-1933). 1933-yildan to umrining oxirigacha AQShdagi Princeton universitetida ishlagan.
Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. massa va energiyaning oʻzaro bogʻliqligi qonunini kashf qilgan (1905). Maydon kvant nazariyasining yaratilishida ning hissasi juda katta. Yorugʻlik nurlanishini yorugʻlik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorugʻlik nurlanishining diskretligi, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molekulyarstatistik nazariyasini rivojlantirgan (1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan. Kvant nazariya asosida temperatura pasayishi bilan qattiq jism issiqlik sigʻimining kamayishini (1907), muvozanatli nurlanish energiyasining fluktuatsiyasini birinchi marta koʻrib chiqqan (1909); fotoeffektiv, flyuoressensiya uchun Stoks qoidasini, fitoionlanish va boshqalarni tushuntirib bergan (1912), fotokimyoning asosiy qonuni (Eynshteyn qonuni) ni ochgan (1912), nurlanish uchun korpuskulyar-toʻlqin dualizm, induksiyalangan (majburiy) nurlanish hodisasini oldindan aytib bergan (1916). jismlar magnitlanganda mexanik momenti oʻzgarishi hodisasini bashorat qilgan va tajribada koʻrsatgan (niderland fizigi V. de Xaaz bilan hamkorlikda, 1915). gravitatsion toʻlqinlar haqida postulat qabul qilib (1916), gravitatsion nurlanish quvvati formulasini keltirib chiqargan (1918). Buton spinli zarralarning kvant statistikasi (Boze — Eynshteyn statistikasi)ni yaratgan (1924—25). 1933-yildan kosmologiya va maydonning yagona nazariyasi bilan shugʻullangan. ijtimoiysiyosiy voqealarni ham kuzatib borgan. U urush va fashizmga qarshi chiqqan. 1940-yilda fashistlar Germaniyasida yadro quroli borligi toʻgʻrisida AQSH prezidenti F. Ruzveltga xat yozdi. U yadro qurolining qoʻllanilishiga qarshi boʻlgan. Davriy jadvaldagi sintetik elementlardan biri „Eynshteynium: lot. Eynshteynium“ uning sharafiga nomlangan. ning ilmiy ishlari hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1921).