Alisher Qodirov
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi yetakchisi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Alisher Keldiyevich Qodirov (1975-yil 12-mart, Toshkent shahri, O'zbekiston SSR, SSSR)[1] – Oʻzbekistonning oʻng qanotli siyosatchisi, 2019-yil 22-maydan boshlab, Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari. 2015-yildan beri O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[2]. 2021-yilda „Milliy tiklanish“ DP nomidan Oʻzbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ishtirok etgan.
Alisher Qodirov | |
---|---|
Milliy tiklanish partiyasi lideri | |
Mansab davri 22-may 2019-yil | |
Oʻtmishdoshi | Sarvar Otamuratov |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi III chaqiriq deputati | |
Mansab davri 2015-yil 5-yanvar | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Siyosiy partiyasi | O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi |
Otasi | Keldi Qodirov |
Taʼlim | 3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi |
Kasbi | filolog, iqtisodchi |
Dini | Islom Hanafiy |
Faoliyati | siyosatchi |
Qodirov 2021-yilda boʻlib oʻtadigan Prezident saylovida „Milliy tiklanish“ partiyasidan koʻrsatilgan nomzod boʻlib, islohotlar va oʻzgarishlarga qaratilgan bir qancha platformalarda ishtirok etgan va oʻzbek muhojirlari uchun daromad soligʻini joriy etish takliflari, shuningdek, plagiatlikda ayblovlar bilan bogʻliq jiddiy bahs va mojarolarga duch kelgan. Shunga qaramay, Qodirov saylovchilarning 5,5% ovozini qoʻlga kiritib, ovoz berishda uchinchi oʻrinni egalladi va saylovda peshqadamlardan biriga aylandi. 2021-yilgi Prezident saylovidan soʻng koʻpchilik, hatto boshqa partiyalar aʼzosi ham uni Oʻzbekistondagi mavjud siyosiy tuzumni oʻzgartira oladigan shaxs sifatida qabul qildi.