Andrew Robertson
From Wikipedia, the free encyclopedia
Andrew Henry Robertson (1994-yil 11-martda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi, Premier League ning „ Liverpool“ klubi chap qanot himoyachisi va Shotlandiya terma jamoasi sardori.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Andrew Henry Robertson[1] | ||
Tavallud sanasi | 11-mart 1994-yil (1994-03-11) (30 yosh)[2] | ||
Tavallud joyi | Glasgow, Shotlandiya | ||
Boʻyi | 5 fut 10 inches (1.78 m)[3] | ||
Ampluasi | Chap qanot himoyachisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Liverpool | ||
Raqami | 26 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
0000-2009 | Celtic | ||
2009-2012 | Queenʼs Park | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012–2013 | Queenʼs Park | 34 | (2) |
2013–2014 | Dundee United | 36 | (3) |
2014–2017 | Hull City | 99 | (3) |
2017- | Liverpool | 161 | (7) |
Milliy terma jamoa | |||
2013–2015 | Shotlandiya U21 | 4 | (0) |
2014- | Shotlandiya | 59 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (22-may uchun) |
Robertson oʻzining karerasini 2012-yilda Queenʼs Parkda boshlagan, bir yildan soʻng faoliyatini Dundee Unitedda davom etiradi. Uning professional faoliyatidagi birinchi mavsumidayoq PFA Shotlandiyada yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi. U 2014-yilning iyul oyida 2,85 million funt sterling evaziga „Hull City“ga oʻtadi. Robertson „Hull“da uch mavsum oʻynab, birinchi va uchinchi mavsumida quyi ligaga, ikkinchi mavsumda esa quyi ligadan yuqoriga koʻtariladi.
U 2017-yilning iyul oyida „Liverpool“ jamoasiga 8 million funt sterling evaziga oʻtadi. Robertson „Liverpool“ bilan faoliyati davomida bir qancha sovrinlarni qoʻlga kiritgan, jumladan 2019-yilda Chempionlar ligasi va 2020-yilda Premer-ligada, Premer-liganing 2018/19-yilgi mavsumidagi oʻyinlari uchun u PFA tomonidan yil jamoasiga kiritiladi.
Robertson 2014-yilning may oyida Shotlandiya terma jamoasi safida toʻliq debyut qilgan va 2018-yilning sentabrida Shotlandiya sardori etib tayinlangan. U UEFA Yevro-2020 da jamoani himoya qilgan.