From Wikipedia, the free encyclopedia
Andrey Andreyevich Mostovoy (ruscha: Андрей Андреевич Мостовой ; 1997-yil 5-noyabrda tugʻilgan) — Rossiyalik professional futbolchi, Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubida oʻynaydi. U asosan chap qanotda vinger vazifasini bajarishiga qaramay, oʻng qanotda ham bemalol oʻynay oladi.
Mostovoy Rossiya Professional Futbol Ligasida 2016-yilning 10-aprelida FSK Dolgoprudniy jamoasida „Znamya Truda Orexovo-Zuyevo“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan va jamoasining 2:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan debyutida o'zining va jamoasining ilk golini kiritgan[1].
2019-yilning 19-iyulida u Sochi PFKga 2019-20-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida qoʻshilgan va Sochiliklar tarkibida o'ynay boshlagan[2].
Ijaradan qaytgach, 2020-yil 7-avgust kuni u Sankt-Peterburgning „Zenit“ jamoasi tarkibida „ Zenit“ gʻalaba qozongan Rossiya Superkubogi-2020 oʻyinida zahira oʻyinchisi sifatida debyut qilgan[3].
2021-yilning 5-mayida u „Zenit“ bilan shartnomasini 2023-24-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan[4].
Mostovoy ilk bor Rossiya terma jamoasiga 2020-yil sentabr oyida UEFA Millatlar Ligasining Serbiya va Vengriyaga qarshi oʻyinlariga chaqirilgan[5]. U 2020-yilning 8-oktabrida Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[6].
2021-yil 11-may kuni u UEFA Yevro-2020 uchun kengaytirilgan 30 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan. 2021-yil 2-iyunda u yakuniy tarkibga kiritilgan[7]. 2021-yil 11-iyun kuni u COVID-19 testi ijobiy chiqqanidan soʻng tarkibdan chetlashtirilgan va uning oʻrniga Roman Yevgenyev tayinlangan[8].
U ilk xalqaro golini 2021-yilning 11-noyabrida Jahon chempionati saralashida Kipr terma jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan[9].
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Dolgoprudniy | 2015-16 | PFL | 10 | 2 | - | - | - | 10 | 2 | |||
Ximki | 2016-17 | FNL | 29 | 1 | 2 | 0 | - | - | 31 | 1 | ||
2017-18 | 34 | 3 | 1 | 0 | - | - | 35 | 3 | ||||
2018-19 | 20 | 0 | 2 | 0 | - | 2 | 0 | 24 | 0 | |||
Jami | 83 | 4 | 5 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 90 | 4 | ||
Zenit-2 Sankt-Peterburg | 2018-19 | FNL | 13 | 5 | - | - | - | 13 | 5 | |||
Sochi | 2019-20 | Rossiya Premer-ligasi | 25 | 6 | 1 | 0 | - | - | 26 | 6 | ||
Zenit Sankt-Peterburg | 2020-21 | 26 | 6 | 1 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 33 | 6 | |
2021-22 | 28 | 5 | 2 | 2 | 7 | 0 | 1 | 0 | 38 | 7 | ||
Jami | 54 | 11 | 3 | 2 | 12 | 0 | 2 | 0 | 71 | 13 | ||
Karyera jami | 185 | 28 | 9 | 2 | 12 | 0 | 4 | 0 | 210 | 30 |
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 11.11.2021 | Krestovskiy stadioni, Sankt-Peterburg, Rossiya | Kipr Respublikasi | 3 — 0 | 6-0 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Zenit Sankt-Peterburg
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.