From Wikipedia, the free encyclopedia
Avstraliya monarxiyasi (inglizcha: Monarchy of Australia) — federal monarxiya koʻrinishidagi konstitutsiyaviy boshqaruv tizimi. Monarx Avstraliya Federatsiyasi hukumati boshligʻi hisoblanadi[1][2]. U atrofida Vestminster tipidagi parlament demokratiyani shakllantiradi[3]. Baʼzan, davlatning siyosiy tuzilishidagi ishlarning haqiqiy holatini taʼkidlash uchun, Avstraliya „Toj respublikasi“ deb nomlanadi. Avstraliya rasman monarxiya boʻlib qolishiga qaramay, u oʻz mohiyati va ruhiga koʻra respublika hisoblanadi[4] .
Avstraliya monarxiyasi | |
---|---|
Hamdoʻstlik gerbi | |
Amaldagi | |
Charles III 8-sentyabr 2022-yildan beri | |
Tafsilotlar | |
Uslub | Qirol hazrati oliylari |
Vorisi | William,Wales shahzodasi |
Shakllanishi | 21-iyul 1831-yil |
Avstraliyaning hozirgi monarxi — Charles III. U 2022-yil 8-sentabrda taxtga oʻtirgan. Qirollik oilasi aʼzolari vaqti-vaqti bilan mamlakat ichida Avstraliya nomidan shaxsiy va rasmiy vazifalarni bajaradilar. Biroq, konstitutsiyada faqat qirolning roli mustahkamlangan va faqat u baʼzi bir ijro etuvchi hokimiyatlarga ega. Garchi baʼzi huquqlar toʻgʻridan-toʻgʻri monarxga tegishli boʻlsa-da, Avstraliyadagi konstitutsiyaviy va asosoy vazifalarning aksariyati mamlakat konstitutsiyasi va qirol tomonidan chiqarilgan patentga muvofiq monarxning Avstraliyadagi vakili, yaʼni general-gubernator tomonidan amalga oshiriladi[5]. Har bir shtat bosh vazirining taklifiga binoan va bevosita monarx tomonidan tayinlanadigan gubernator tomonidan nazorat qilinadi. Shtatda bevosita boʻlgan davrda monarx gubernatorning barcha vazifalarini oʻz zimmasiga oladi. Avstraliya hududlarida monarx toʻgʻridan-toʻgʻri Avstraliya general-gubernatori tomonidan yoki bilvosita general-gubernator tomonidan tayinlangan maʼmurlar orqali vakillik qiladi. Monarxning baʼzi bir vakolatlari qonunlar bilan cheklangan. Unga koʻra, parlamentda general-gubernator unga vakillik qiladi va kundalik ijro etuvchi funksiyalarni vazirlar mahkamasi amalga oshiradi[6][7].
Avstraliya monarxi, davlat rahbari lavozimini egallashdan tashqari, bir vaqtning oʻzida u Hamdo'stlik qirolliklari boʻlgan barcha oʻn besh mamlakatning monarxi hisoblanadi.
Avstraliya monarxi, 54 aʼzodan iborat Millatlar Hamdoʻstligining va 14 ta davlatni oʻz ichiga olgan Hamdoʻstlik qirolligining monarxi hisoblanadi. Avstraliya monarxining siyosiy maslahatchilari Avstraliya federal vazirlari va shtat gubernatorlaridir. 1986-yildagi Avstraliya qonuniga koʻra, Britaniya yoki boshqa xorijiy hukumatlar monarxga Avstraliya siyosati boʻyicha maslahat bera olmaydi[8].
Avstraliya qirolni saqlash uchun bujetdan hech qanday pul ajratmaydi, faqat monarx Avstraliya hududida boʻlgan yoki chet elda Avstraliya nomidan harakat qilgan hollar bundan mustasno[9]. Odatda, hukumat barcha xarajatlarni faqat Avstraliya general-gubernatori va mamlakatda toj vakili boʻlgan gubernatorlar uchun toʻlaydi.
Avstraliyadagi toj vakili general-gubernator va Avstraliyaning alohida shtatlarining gubernatorlari hisoblanadi. General-gubernatorning asosiy vazifalaridan biri Bosh vazirni Vazirlar Mahkamasi rahbari etib tayinlashdan iborat. General-gubernatorning roli ramziy maʼnoga ega[10].
Amalda, vazirlar qirollik huquqini toʻgʻridan-toʻgʻri amlga oshirgan holda urush eʼlon qilishi, tinchlik oʻrnatishi va Avstraliya qurolli kuchlariga qoʻmondonlik mumkin[5]. General-gubernator parlamentni tarqatib yuborish, chaqirish va saylovlarni oʻtkazishni tayinlash huquqiga ega. Lekin u buni hech qachon bosh vazir maslahatisiz amalga oshirmaydi, faqat keskin konstitutsiyaviy inqirozlar bundan mustasno. Xususan, general-gubernatorning bunday harakati 1975-yilda sodir boʻlgan.
General-gubernator Avstraliya Vakillar palatasida koʻpchilikning qoʻllab-quvvatlagan shaxsni Avstraliya bosh vaziri etib tayinlashi shart. Odatda parlamentda koʻpchilikni tashkil etgan partiyaning rahbari bosh vazir boʻladi. Bosh vazirlikka nomzodlarning hech biri Vakillar palatasida koʻpchilik ovozini olmasa, general-gubernator oʻz xohishiga koʻra bosh vazirni tayinlashi mumkin.
General-gubernator toj vazirini tayinlaydi, ammo u Avstraliya parlamenti oldida javobgar hisoblanadi
Qirollik huquqi tashqi ishlarga ham tegishli. General-gubernator xalqaro shartnomalarni koʻrib chiqadi va ratifikatsiya qiladi. Biroq, ular Avstraliya qonunlariga zid boʻlmasligi talab etiladi. Xalqaro konventsiyalarni imzolash uchun parlamentning tegishli qarori talab qilinadi.
General-gubernator Avstraliya elchilarining tayinlanishini tasdiqlaydi va xorijiy elchilarni qabul qiladi. Bundan tashqari, pasportlarni berish ham qirollik huquqining bir qismidir, shuning uchun Avstraliya pasportlarida monarx vakili sifatida general-gubernator koʻrsatiladi.
Monarx senat va vakillar palatasi bilan birgalikda Avstraliya parlamentining uchta tarkibiy qismidan biridir. Monarxning kuchi parlamentning ikkala palatasining ramzlarida aks ettirilgan, ammo monarx qonun ijodkorligida ishtirok eta olmaydi[11][12].
General-gubernator parlamentni chaqirish va tarqatib yuborish huquqiga ega. Yangi parlament sessiyasi monarx yoki general-gubernator tomonidan aytiladigan anʼanaviy nutq bilan boshlanadi[13][14]. Na monarx, na vitse-qirol Vakillar palatasiga kirish huquqiga ega emas, shuning uchun nutq Senat binosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda Vakillar palatasi deputatlari Senatdagi majlisga chaqiriladi, buning uchun valiahd elchisining alohida pozitsiyasi mavjud boʻlib, u parlament quyi palatasining anʼanaviy tarzda yopiq eshiklarini taqillatadi[15][16].
Avstraliyaning barcha qonunlari General-gubernator yoki tegishli shtat gubernatorlari tomonidan rasman tasdiqlanadi va Avstraliyaning Buyuk muhri yoki tegishli muhrlar bilan muhrlanadi. General-gubernator „Qirolning imzosi uchun“ qonun loyihasiga rozilik berishdan bosh tortish huquqiga ega, qirol esa Britaniya hukumatining maslahatiga koʻra, qonun loyihasini u maʼqullaganidan keyin bir yil ichida rad etishga haqli. Amalda ,General-gubernator bunday huquqdan hech qachon foydalanilmagan[17][18][19].
Har bir yangi saylangan parlament aʼzosi Avstraliya Konstitutsiyasining 42-bobiga muvofiq, oʻz lavozimiga kirishgandan soʻng, hozirda hukmronlik qilayotgan Britaniya monarxi va uning merosxoʻrlari hamda Buyuk Britaniya Qiroli yoki Qirolichasi tomonidan tayinlangan shaxslarga qasamyod qilishi yoki sodiqlik eʼlon (inglizcha: oath) qilishi shart. Konstitutsiyaga koʻra, Britaniya Avstraliya davlatining boshligʻidir[20].
Monarx sud funksiyalarini shaxsan bajarmaydi, lekin uning nomidan adolatni amalga oshiradi. Oliy sud majlislari „Avstraliya Oliy sudi majlisda; Xudo malikani/qirolni asrasin“ va jinoiy sudlar „Ismga qarshi malika/qirol“ yoki „Ismga qarshi toj“ formulasi boʻyicha oʻtkaziladi. Mustamlaka davridan beri sud amaliyotga koʻra, shtat sudlari Britaniya gerbidan foydalanadi. Faqatgina, Yangi Janubiy Uels sudi bundan mustasno.
Qonunda aytilishicha, „qirol har doim haqdir“, shuning uchun monarxni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas.
Shuningdek, monarx ayrim shtatlarning gubernatorlari tomonidan amalga oshiriladigan avf etish huquqiga ham ega.
Monarx tegishli shtatlarning bosh vazirlari maslahati bilan shtat gubernatorlarini tayinlaydi. Avstraliyaning ikkita hududi — Shimoliy hudud va Avstraliya poytaxti Avstraliya Hamdoʻstligi tomonidan bevosita boshqariladi. Bu yerda general-gubernator Avstraliya federal hukumatining maslahati bilan maʼmurlarni tayinlaydi.
Avstraliya Konstitutsiyasining 68-moddasida aytilishicha, general-gubernator qirolicha/qirolning vakili sifatida Avstraliya Qurolli Kuchlarining bosh qoʻmondoni hisoblanadi. Biroq, general-gubernator harbiy tizimda hech qanday rol oʻynamaydi va qurolli kuchlar Mudofaa vazirligiga boʻysunadi.
Avstraliya harbiy-dengiz kuchlari kemalari anʼanaviy ravishda „qirolicha/qirol Hazrati oliylarining Avstraliya kemalari“ deb ataladi. Piyoda polklari „Qirollik Avstraliya polklari“ deb nomlanadi.
Qirollik oilasining bir qator aʼzolari Avstraliya quroli kuchlarining turli boʻlinmalari va tuzilmalarining faxriy boshliqlari hisoblanadi.
Rasmi | Regnal nomi va qirollik sulolasi | Avstraliya ustidan hukmronlik | To'liq ismi | Turmush o'rtog'i | |
---|---|---|---|---|---|
Boshlashi | Tugatishi | ||||
Yangi Janubiy Uels koloniyasining hukmdorlari | |||||
George III (1738–1820) |
29-aprel 1770-yil | 29-yanvar 1820-yil | George William Frederick | Charlotte Mecklenburg-Strelitz | |
Yangi Janubiy Uels gubernatorlari: Arthur Phillip, John Hunter, Philip King, William Bligh, Lachlan Macquarie | |||||
Yangi Janubiy Uels koloniyasi va Gʻarbiy Avstraliya koloniyasi hukmdorlari | |||||
George IV (1762–1830) |
29-yanvar 1820-yil | 26-iyun 1830-yil | George Augustus Frederick | Caroline Brunswick | |
Yangi Janubiy Uels gubernatorlari: Sir Thomas Brisbane, Sir Ralph Darling | |||||
G'arbiy Avstraliya gubernatori: Sir James Stirling | |||||
Yangi Janubiy Uels mustamlakasi, Gʻarbiy Avstraliya mustamlakasi, Janubiy Avstraliya provinsiyasi hukmdorlari | |||||
William IV (1765–1837) |
26-iyun 1830-yil | 20-iyun 1837-yil | William Henry | Adelaide Saxe-Meiningen | |
Yangi Janubiy Uels gubernatori: Sir Richard Bourke | |||||
G'arbiy Avstraliya gubernatori: Sir James Stirling | |||||
Janubiy Avstraliya gubernatori: Sir John Hindmarsh | |||||
Yangi Janubiy Uels koloniyasi, Gʻarbiy Avstraliya koloniyasi, Janubiy Avstraliya provinsiyasi, Viktoriya koloniyasi, Tasmaniya koloniyasi, Kvinslend koloniyasi hukmdorlari | |||||
Victoria (1819–1901) |
20-iyun 1837-yil | 1-yanvar 1901-yil | Alexandrina Victoria | Albert Saxe-Coburg va Gotha | |
Yangi Janubiy Uels gubernatorlari: Sir George Gipps, Sir Charles FitzRoy, Sir William Denison, Sir John Young, Somerset Lowry-Corry, IV Earl Belmore, Sir Hercules Robinson, Lord Augustus Loftus, Charles Wynn-Carington, III Baron Carrington, Victor Child Villiers, VII Earl of Jersey, Sir Robert Duff, Henry Brand, II Viscount Hampden, William Lygon, VII Earl Beauchamp | |||||
G'arbiy Avstraliya gubernatorlari: Sir James Stirling, John Hutt, Sir Andrew Clarke, Charles Fitzgerald, Sir Arthur Kennedy, John Hampton, Sir Benjamin Pine, Sir Frederick Weld, Sir William Robinson, Sir Harry Ord, Sir Frederick Broome, Sir Gerard Smith | |||||
Janubiy Avstraliya gubernatorlari: George Gawler, Sir George Grey, Frederick Robe, Sir Henry Young, Sir Richard MacDonnell, Sir Dominick Daly, Sir James Fergusson, Sir Anthony Musgrave, Sir William Jervois, Sir William Robinson, Algernon Keith-Falconer, IX Kintore, Sir Thomas Buxton, Hallam Tennyson, II Baron Tennyson | |||||
Viktoriya gubernatorlari: Sir Charles Hotham, Sir Henry Barkly, Sir Charles Darling, John Manners-Sutton, III Viscount Canterbury, Sir Sir George Bowen, George Phipps, II Marquess Normanby, Sir Henry Loch, John Hope,VII Hopetoun, Thomas Brassey, I Earl Brassey | |||||
Tasmaniya gubernatorlari: Sir Henry Young, Sir Thomas Browne, Sir Charles Du Cane, Sir Frederick Weld, Sir John Lefroy, Sir George Strahan, Sir Robert Hamilton, Jenico Preston, XIV Viscount Gormanston | |||||
Kvinslend gubernatorlari: Sir George Bowen, Samuel Blackall, George Phipps, II Marquess Normanby, Sir William Cairns, Sir Arthur Kennedy, Sir Anthony Musgrave, Sir Henry Norman, Charles Cochrane-Baillie, II Baron Lamington | |||||
Rasmi | Regnal nomi va qirollik sulolasi | Hukmronligi | To'liq ism | Turmush o'rtog'i | |
---|---|---|---|---|---|
Boshlashi | Tugatishi | ||||
Avstraliya hukmdorlari | |||||
Victoria (1819–1901) |
1-yanvar 1901-yil | 22-yanvar 1901-yil | Alexandrina Victoria | Widowed | |
General-gubernator: John Hope, VII Hopetoun | |||||
Bosh Vazir: Edmund Barton | |||||
Edward VII (1841–1910) |
22-yanvar 1901-yil | 6-may 1910-yil | Albert Edward | Alexandra Denmark | |
General-gubernator: John Hope,Hopetounning 7-grafi, Hallam Tennyson, II Baron Tennyson, Henry Northcote, I Baron Northcote, William Ward, II Earl Dudley | |||||
Prime ministers: Edmund Barton, Alfred Deakin, Chris Watson, George Reid, Alfred Deakin, Andrew Fisher, Alfred Deakin | |||||
George V (1865–1936) |
6-may 1910-yil | 20-yanvar 1936-yil | George Frederick Ernest Albert | Mary Teck | |
General-gubernatorlar: William Ward, II Earl Dudley, Thomas Denman, III Baron Denman, Sir Ronald Ferguson, Henry Forster, I Baron Forster, John Baird, I Baron Stonehaven, Sir Isaac Isaacs | |||||
Bosh vazirlar: Andrew Fisher, Joseph Cook, Andrew Fisher, Billy Hughes, Stanley Bruce, James Scullin, Joseph Lyons | |||||
Edward VIII (1894–1972) |
20-yanvar 1936-yil | 11-dekabr 1936-yil | Edward Albert Christian George Andrew Patrick David | Yo'q | |
General-gubernatorlar: Sir Isaac Alfred Isaacs, Alexander Hore-Ruthven, I Earl Gowrie | |||||
Bosh vavir: Joseph Lyons | |||||
George VI (1895–1952) |
11-dekabr 1936-yil | 3-sentyabr 1939-yil | Albert Frederick Arthur George | Elizabeth Bowes-Lyon | |
General-gubernatorlar: Alexander Hore-Ruthven, I Gowrie | |||||
Bosh vazirlar: Joseph Lyons, Sir Earle Page, Robert Menzies |
Rasmi | Regnal nomi va qirollik sulolasi | Hukmronlik | To'liq ism | Turmush o'rtog'i | |
---|---|---|---|---|---|
Boshlashi | Tugatishi | ||||
Avstraliya hukumdorlari | |||||
George VI (1895–1952) |
3-sentyabr 1939-yil | 6-fevbral 1952-yil | Albert Frederick Arthur George | Elizabeth Bowes-Lyon | |
General-gubernatorlar: Alexander Hore-Ruthven, I Gowrie, Prince Henry, Duke Gloucester, Sir William McKell | |||||
Bosh vazirlar: Robert Menzies, Arthur Fadden, John Curtin, Frank Forde, Ben Chifley, Robert Menzies | |||||
Elizabeth II (1926–2022) |
6-fevral 1952-yil | 8-sentyabr 2022-yil | Elizabeth Alexandra Mary | Philip Mountbatten | |
Governors-general: Sir William McKell, Sir William Slim, William Morrison, I Viscount Dunrossil, William Sidney, I Viscount De L'Isle, Richard Casey, Baron Casey, Sir Paul Hasluck, Sir John Kerr, Sir Zelman Cowen, Sir Ninian Stephen, William Hayden, Sir William Deane, Peter Hollingworth, Michael Jeffery, Dame Quentin Bryce, Sir Peter Cosgrove, David Hurley | |||||
Bosh vazirlar: Sir Robert Menzies, Harold Holt, John McEwen, John Gorton, William McMahon, Gough Whitlam, Malcolm Fraser, Bob Hawke, Paul Keating, John Howard, Kevin Rudd, Julia Gillard, Kevin Rudd, Tony Abbott, Malcolm Turnbull, Scott Morrison, Anthony Albanese | |||||
Charles III (1948) |
8-sentyabr 2022-yil | Hozir | Charles Philip Arthur George | Camilla Shand | |
General-gubernatorlar: David Hurley | |||||
Bosh vazirlar: Anthony Albanese |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.