From Wikipedia, the free encyclopedia
Avstraliyada ommaviy axborot vositalari – anʼanaviy va raqamli formatlarni oʻz ichiga oladi va asosan ingliz tilida uzatiladi. U radio, televideniye, bosma nashrlar, internet va IPTV kabi turli ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etiladi. Ushbu media oʻz ichiga mahalliy, mintaqaviy, davlat, federal va xalqaro ommaviy axborotlarni, Avstraliya yangiliklari, siyosati, muammolari va madaniyati haqida xabar berishga qaratilgan.
Avstraliyada ommaviy axborot vositalarining kamayishi va jurnalistlarni qoʻrqitishining oshishiga koʻra, Matbuot erkinligi indeksi pasayishiga olib kelgan. Shu jumladan ommaviy axborot vositalari kompaniyalari siyosiy rahbarlar bilan yaqin aloqalarni saqlab qolishga harakat qilmoqda. Bu esa muharrirlik mustaqilligi haqidagi shubhalarni kuchaytirmoqda[1]. Avstraliyada ommaviy axborot vositalarida ikki ulkan kompaniya hukmronlik qiladi. Nine Entertainment va News Corp Australia Amerikadagi News Corpning shoʻbalari hisoblanadi. 2018-yilda mamlakat 180 mamlakatdan 19-oʻrinni egallagan. Keyinchalik 2020-yil uchun 180 mamlakatdan 26-oʻringa va 2022-yilda 39-oʻrinlarga tushgan[1].
Avstraliyaning birinchi muntazam radio uzatuvlari 1923-yil 23-noyabrda Sidneyda 2SB (keyinchalik 2BL deb nomlangan) stansiyasida uzatila boshlangan[2]. ABC televideniyesi 1932-yilda televideniyega efir uzatishni boshlagan. Talkback radiosi birinchi marta Sidneyda 1967-yil 17-aprel kuni yarim tundan keyin 2UE bilan eshittirilgan[3]. ABC 1960-yillarda FM stansiyalari bilan ishlashni boshlagan. Ammo 1980-yil iyul oyida birinchi FM stansiyasi toʻliq faoliyatni boshlagan[4]. Melburn shahridagi 3EON (hozir Triple M deb tanilgan) FM stansiyasi boʻlgan[4][5].
2009-yilda 274 ta tijorat stansiyasi (reklama mablagʻlari orqali daromad qiladi) va 341 ta davlat (davlat tomonidan mablagʻ bilan taminlangan) radiostansiyasi mavjud boʻlgan[6].
Milliy yangilik radioeshittirishlari tarkibida 4 ta milliy radiostansiya tarmoqlarini (shu jumladan ABC NewsRadio va Radio National) boshqaradigan Avstraliya Telekommunikatsiya Korporatsiyasi, ABC Yerli Radiosi orqali 53 ta mahalliy yangilik stantsiyasi va bir nechta raqamli radio stantsiya mavjud boʻlgan va koʻp tilli Avstraliya telestansiyasi orqali ishlab chiqarilgan yangiliklarni taqdim etadigan maxsus telekanal xizmati ham yoʻlga qoʻyilgan.
Netflix Avstraliya va Yangi Zelandiyada 2015-yil 24-martdan foydalanila boshlangan[7][8]. 2019-yil fevral holatiga koʻra, 11,2 million avstraliyalik oʻz oilasida Netflix obunasiga ega boʻlgan va bu avvalgi yilga nisbatan 25 foizga koʻp[9].
Netflix ABCning sobiq boshqaruvchi direktori Mark Skott tomonidan Avstraliyadagi holatlarni yoritmagani uchun tanqid qilingan[10]. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, 2018-yilda Avstraliya kino va televideniyesi Netflixning Avstraliya katalogining 2% dan kamrogʻini tashkil qilgan[11]. 2020-yilda Avstraliyaning raqobat va isteʼmolchilar komissiyasi Netflixni mahalliy kontent talablariga qoʻyish taklifini ilgari surgan[12][13]. Biroq, bu taklif oxir-oqibat hukumat tomonidan rad etilgan.
2019-yil 4-iyun kuni Avstraliya Federal politsiyasi News Corp Australia jurnalisti Annika Smethurstning uyida reyd oʻtkazgan va ular jurnalistning uyidan bir yil avval xavfsizlik kuchlariga yangi vakolatlar berilishi haqidagi yangi qonunlar haqida yozilgan maxfiy maʼlumotlarni qidirishgan[14]. Radio boshlovchisi Ben Fordxem ham reportaj qilishda tergov boʻlganligini aytib oʻtgan[15].
Ertasi kuni AFP Afgʻonistondagi harbiy jinoyatlar haqidagi axborot ABCda berib oʻtilgan[16]. Tergov buyruqlari politsiyaga kompyuterlarda topilgan har qanday fayllarni „qoʻshish, nusxa olish, oʻchirish yoki oʻzgartirish“ imkonini bergan[17].
Ushbu hodisalar Chegarasiz reporterlar, BBC va Nyu-York Times gazetasi tomonidan tanqidga sabab boʻlgan[18].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.