From Wikipedia, the free encyclopedia
Axaggar – Sahroi Kabir markaziy qismidagi (Jazoir jan.) keng togʻlik. Asosan kembriydan oldingi kristalli slanetslardan tarkib topgan, usti tekis va zinapoyasimon tizmalardan iborat. Uchlamchi davr oxiri va toʻrtlamchi davr boshida togʻlik koʻtarilib yorilgan, vulkanlar otilib chiqqan. Axaggarning eng baland nuqgasi Taxat tog`i – 3005 m. Iqlimi togʻ-choʻl iqlimi. Yogʻin yiliga 100 mm atrofida. Axaggarda bir qancha vodiylar bor, ularda yer osti suvlari yuza. Baʼzi joylarida alohida oʻsgan daraxt va daraxtzorlar (kiparis, mirta, palma, akasiya) uchraydi. Aholi chorvachilik (1500 m balandlikkacha), qisman dehqonchilik bilan shugʻullanadi (Bug`doy, Dukkaklilar, Pomidor). Platina, Olmos, Nikel va Mis konlari topilgan[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.