Britaniya davlat teleradiokompaniyasi From Wikipedia, the free encyclopedia
Turi | Ijtimoiy tarqatuv |
---|---|
Tarmogʻi | Butunjahon |
Qachon asos solingan | 18-oktyabr 1922 |
Joylashuvi | London, Angliya |
Asoschi(lari) |
John Reith George Villiers |
Prezidenti | Chris Patten |
Rahbariyat | Tony Hall (bosh direktor) |
Mahsulot(lar)i | Tele-, radio-va veb-axborot |
Aylanma daromadi | £5,086 milliard (2011/12)[1] |
Operatsion foydasi | 290 000 000[2] |
Sof foydasi | −120 000 000[3] |
Ishchilar soni | 23 000 (2011/12) |
Vebsayti | bbc.com |
British Broadcasting Corporation (inglizchadan tarjimasi: Britan Tarqatuv Korporatsiyasi), qisqartmasi: BBC (talaffuzi: Bi-Bi-Si), Buyuk Britaniya ijtimoiy tarqatuv korporatsiyasidir[4].Birlashgan Qirollikda radioeshittirish olib borish uchun tuzilgan. 23 ming nafar xodimi bilan jahondagi eng yirik tarqatuvchi boʻlib turipti[5][6][7]. BBC shtab-kvartirasi Londondagi Broadcasting House binosida joylashgan.
1927-yil Londonda tashkil etilgan. 5 dastur (siyosat, iqtisod, biznes, madaniyat va sport) boʻyicha radioeshittirishlar berib boriladi; 1936-yildan 2 kanal boʻyicha teleeshittirish ham (umumiyommabop va madaniy-maʼrifiy sohalarda) beriladi. Chet elga eshittirishlar (BBC Umumjahon xizmati) kechayu kunduz (24 soat) ingliz va 40 dan ortiq xorijiy tilda berib, BBC Oʻzbek tahririyati 1994-yil noyabr oyida tashkil etilgan, eshittirishlar oʻzbek tilida olib boriladi. 1996-yil mart oyigacha faqat qisqa toʻlqinda eshittirishlar berilgan boʻlsa, keyinchalik oʻrta va oʻrta qisqa toʻlqinlarda berilmoqda. BBCʼning Oʻzbekiston tahririyati Oʻrta Osiyo va Kavkaz xizmati tarkibiga kiradi, mazkur xizmat oʻzbek tilidan tashqari qozoq, qirgʻiz, ozarbayjon va rus tillarida eshittirishlar beradi. BBC jahondagi koʻpchilik davlatlarda keng yoyilgan muxbirlik tarmogʻiga ega.
Amerikaliklar orasida so'rov otkazilganida BBC ga koproq ishonishi aytilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.