From Wikipedia, the free encyclopedia
Banco Santander — Ispaniyadagi eng yirik moliya va kredit guruhi. Santander Ispaniyadan tashqari Buyuk Britaniyada, AQSh va Lotin Amerikasining bir qator davlatlarida moliya sohasida yetakchi oʻrinlardan birini egallagan. Guruhning asosiy tuzilmasi Banco Santander hisoblanadi[3]. Santanderning bosh qarorgohi Kantabriya shahrida joylashgan.
| |
Turi | large bank, ommaviy kompaniya va Bank[1] |
---|---|
Egasi | Santander Group |
Qachon asos solingan | 15-may, 1857-yil |
Joylashuvi | Santander (yuridik shtab-kvartirasi) va Boadilla del Monte, Madrid hamjamiyati (operatsion shtab-kvartirasi) |
Mahsulot(lar)i | Chakana, korporativ, investitsiya va xususiy bank, sug'urta, aktivlarni boshqarish, xususiy kapital |
Aylanma daromadi | €57.423 billion (2023)[2] |
Operatsion foydasi | €11.08 billion (2023)[2] |
Boyligi | €460.3 billion (2023)[2] |
Kapitallashtirish | €1.797 trillion (2023)[2] |
Ishchilar soni | 212,764 (2023)[2] |
Vebsayti | santander.com |
Zamonaviy Grupo Santander banki bir necha banklarning qoʻshilishi va yangi banklarni sotib olinishi natijasida paydo boʻldi. 1999-yilda Banco Santander va Banco Central Hispanolar birlashgan. Bular Ispaniyaning birinchi va uchinchi yirik banklari edi[4].
Banco Santander banki 1857-yilda Izabella IIning farmoni bilan Ispaniya va Lotin Amerikasi oʻrtasidagi savdoni moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan. U hozirgi Santander shahrida joylashgan. Birinchi jahon urushining boshlarida, ushbu bank Ispaniyada yetakchi oʻrinlardan birini egalladi. 1909-yildan boshlab bank boshqaruvida Botinlar oilasining vakillari paydo boʻla boshladi. Ular 1990-yillarga kelib, uni mamlakatdagi eng yirik moliya institutiga aylantirdilar. 1986-yilda bankni Emilio Botin (inglizcha: Emilio Botín) boshqargan[4][5][6].
Banco Central 1919-yil 6-dekabrda Madridda tashkil etilgan. Ispaniyaning yangi rivojlanayotgan sanoatlarni, asosan, koʻmir qazib olish, poʻlat, kemasozlik va karton ishlab chiqarishni moliyalashtirgan. Qoʻshma Shtatlardagi Buyuk Depressiya Ispaniya moliya sohasiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi, ammo Banco Central bu davrda nafaqat omon qoldi, balki oʻz faoliyatini sezilarli darajada kengaytirdi. 1931-yilda Ispaniya banki milliy bankka aylantirilgach, Banco Central uning tijorat faoliyatini oʻz zimmasiga oldi. Ikkinchi jahon urushining oxiriga kelib, bank Ispaniyaning beshta yirik banklaridan biriga aylandi va mamlakat sanoatini urushdan keyin tiklashda faol ishtirok etdi. Bank ishtirokida 1960-yillarda Saltos del Sil GESi rekonstruksiya qilindi va birinchi xususiy neft kompaniyasi Compania Espanola de Petroleos S. A. paydo boʻldi. Ispaniyadagi eng yirik qurilish kompaniyasi — Dragados y Construcciones — 1970-yillarda tanazzulga yuz tutdi. Banco Central yana bankrot boʻlgan raqobatchilarni sotib olishni boshladi. Banco Central 1970-1975-yillar oraligʻida oʻz filiallari sonini ikki baravarga koʻpaytirdi. 1980-yilga kelib Banco Central Ispaniyaning eng yirik bankiga aylandi. Biroq 1997-yildan 1992-yilgacha bankni boshqargan konservativ Alfonso Eskames rahbarligida bank moliyaviy bozorni erkinlashtirishga tayyor emasligicha qoldi. Oʻz pozitsiyasini saqlab qolish uchun bank 1991-yilda Banco Hispano Americano bilan birlashdi. 1980-yillarning boshidagi muvaffaqiyatsiz xaridlar uni sezilarli darajada zaiflashtirgan. Banco Central Hispano deb nomlangan birlashtirilgan bankni Anxel Korkostegi boshqargan, u ishni xodimlar sonini 10 mingga va filiallar sonini 20 foizga qisqartirishdan boshlagan.
1999-yilda Banco Santander va Banco Central Hispano birlashishi eʼlon qilindi. Banco Santander Central Hispano kompaniyasini Korkostegi boshqargan. Uning davrida xodimlar soni 100 mingdan oshdi, shu bilan birga, filiallar soni esa 6200 taga yetdi[4].
Faqat 1985-2010-yillarda guruh sotib olish uchun 70 milliard dollar sarfladi.
2004-yilda Santander Britaniyaning Abbey National bankini 9 milliard funt sterlingga sotib oldi[7]. Santander 2008-yilda sotib olingan Alliance & Leicester va Bradford & Bingley bilan birgalikda 1000 dan ortiq filiallari bilan Buyuk Britaniyadagi beshinchi yirik bank hisoblangan[5].
2010-yil iyul oyida bank Shvetsiyaning SEB bankidan Germaniyadagi 173 ta filialni 555 million yevroga sotib oldi. 2010-yilning avgust oyida esa u Buyuk Britaniyadagi Royal bankni 318 ta filialini va HSBC dan 4,3 milliard dollarga avtomobil kreditlarini sotib oldi.
2010-yil sentyabr oyida Santander Allied Irish Bankning (AIB) dan Polshadagi Bank Zachodni WBK kapitalidagi 70% ulushini 4,2 milliard yevroga sotib olgan (faollar boʻyicha mamlakatda beshinchi oʻrinda). .
Banco Santanderning kattagina qismi Botin oilasiga tegishli edi, ammo birlashish va sotib olish natijasida, ularning ulushi 2 foiizgacha kamaydi[6]. Asosiy aksiyadorlar (3% dan ortiq) BlackRock (5,64%), The Vanguard Group (3,99%), Norges Bank Investment Management (3.2%), Dodge &, Cox (3.13%) va Amundi (3.06%) lar egalik qilishadi.
Santander guruhini 15 kishidan iborat direktorlar kengashi boshqaradi, ularning har biri aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida 3 yillik muddatga tayinlanadi. Direktorlar orasidan direktorlar kengashi raisi, toʻrtta rais oʻrinbosari va bosh ijrochi direktor (bosh direktor) saylanadi[8].
2023-yil kompaniya 165 million mijozga xizmat koʻrsatgan. Uning ulushlari taqsimoti quyidagicha: 46 millioni Yevropada, 16 million Ispaniyada, 22 millioni Buyuk Britaniyada, 73 millioni Janubiy Amerikada, 62 million Braziliyada, 25 million Shimoliy Amerikada va 21 million Meksikada. Keyinchalik, bank tarmogʻiga 8500 dan ortiq filiallar kirdi. Guruhda 213 ming kishi ishlagan, shundan Ispaniyada 35 ming, Braziliyada 58 ming, Meksikada 31 ming, Buyuk Britaniyada 24 ming, Polshada 13 ming va AQShda 13 ming kishi faoliyat yuritgan.
Grupo Santander 2020-yil holatiga koʻra 780 dan ortiq kompaniyalardan iborat boʻlib, asosiysi Banco Santander aktivlarning uchdan bir qismini tashkil qilgan (ammo, Banco Santander nomi butun guruhga nisbatan qoʻllanadi). 2023-yil holatiga koʻra uning boʻlinmalari:
Tarkibiy boʻlim:
2023-yil holatiga koʻra Grupo Santanderning aktivlari 1,797 trillion yevroni, qabul qilingan depozitlar hajmi 1,047 trillion yevroni, 2023-yil uchun daromad 57,4 milliard yevroni tashkil etdi. Asosiy daromadlar Braziliya (12,6 milliard), Ispaniya (8,6 milliard), AQSh (7,3 milliard), Buyuk Britaniya (6,6 milliard), Meksika (6,6 milliard), 0 milliard), Polsha (3,6 milliard), Chili (2,2 milliard), Portugaliya (2,1 milliard), Argentina (1,6 milliard), Germaniya (1,6 milliard) va Fransiya (1,2 milliard)ga toʻgʻri kelgan. Sof daromad 75 foizni tashkil etgan.
2023-yil Grupo Santander Forbes Global 2000 dunyodagi eng yirik moliya kompaniyalari roʻyxatida 49-oʻrinni egalladi[10].
2023-yilda Banco Santander boshqaruv ostidagi aktivlari (201 milliard dollar) boʻyicha dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyalari orasida 110-oʻrinni egalladi[11].
2001 | 2006 | 2011 | 2012 | 2013 | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 | 2021 | 2022 | 2023 | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Aylanma | - | 21,94 | 43,64 | 44,26 | 39,67 | 42,61 | 45,90 | 44,23 | 48,36 | 48,42 | 49,23 | 44,28 | 46,40 | 52,12 | 57,42 |
Sof foyda | 2,177 | 8,246 | 6,077 | 3,051 | 5,329 | 6,935 | 7,334 | 6,204 | 6,619 | 7,810 | 6,515 | −8,771 | 8,124 | 9,605 | 11,08 |
Aktiv | 367,3 | 833,9 | 1251 | 1270 | 1116 | 1266 | 1340 | 1339 | 1444 | 1459 | 1523 | 1508 | 1596 | 1734 | 1797 |
Kapital | 29,94 | 44,85 | 74,41 | 71,80 | 70,33 | 80,81 | 88,04 | 102,7 | 106,8 | 107,4 | 110,7 | 91,32 | 97,05 | 97,59 | 104,2 |
Santander Xitoy, Ispaniya, Germaniya va Britaniya Gran-prisining homiysi hisoblanadi. Shuningdek, u Formula 1 oʻyinlarida McLaren va Scuderia Ferrari kabi jamoalarning hamkori boʻlgan[5].
2007-yil sentabr oyida bank 2008-yildan boshlab Janubiy Amerikaning klublar oʻrtasidagi asosiy futbol turniri — Libertadores kubogiga homiylik qilishini aytdi. Ilgari turnirga Yaponiyaning Toyota kompaniyasi homiylik qilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.