From Wikipedia, the free encyclopedia
Bas Dost (niderlandcha: Bas Dost; 31-may, 1989-yil, Deventer, Gollandiya) — gollandiyalik futbolchi, „Utrext“ hujumchisi hisolanadi. U Gollandiya terma jamoasida ham faoliyat olib borgan[1].
Bas Dost | |
---|---|
Umumiy ma'lumotlari | |
Tug`ilgan |
31 maya 1989 (33 goda)
|
Fuqaroligi |
|
Boʻyi |
196 cm |
Vazni |
86 kg |
Pozitsiyasi | Hujumchi |
Klub haqida ma'lumotlari | |
Klub | |
Raqam |
28 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Bas Dost Germanicus klubining bolalar jamoasida futbol o‘ynay boshladi. Bir necha mavsumdan soʻng u oʻsha paytda Gollandiya birinchi divizionida oʻynagan „Emmen“ akademiyasiga oʻtdi.
Dost akademiyada oʻzini koʻrsatishga muvaffaq boʻldi va 2007-2008-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Emmen bilan professional shartnoma imzolagan. U mavsumni zaxira oʻyinchisi sifatida boshlagan boʻlsa-da, asta-sekin maydonga tez-tez kirib kela boshladi. Dost „Emmen“ uchun birinchi golini 2008-yilning 8-fevralida „Fortuna Sittard“ga qarshi Birinchi divizion o‘yinida kiritdi. Keyinchalik u „Vendam“ga qarshi mahalliy derbida ham xet-trik qayd etdi, „Emmen“ 3:2 hisobida gʻalaba qozondi[2].
2008-yilning yozida Dost 300 000 yevro evaziga Gollandiya Premer-ligasining " Herakles " klubiga oʻtgan. 2009-2010-yilgi mavsumda u 34 oʻyinda 14 ta gol urgan va bu katta klublar eʼtiborini tortgan. Hujumchiga „Ayaks“ va „Tvente“ klublari qiziqish bildirishgan. Natijada, Dost oʻz agenti Srinjoy fon Chakravartining maslahati bilan „Xerenven“ga koʻchib oʻtdi.
Dost klub bilan 2010-yil 18-mayda 3,1 million yevro evaziga 5 yillik shartnoma imzolagan[3]. Hujumchi yangi jamoasidagi debyutini 7-avgust kuni PSV bilan oʻyinda oʻtkazgan va oʻyinda „Xerenven“ 1:3 hisobida magʻlub boʻlgan. Ikki hafta oʻtgach, 21-avgust kuni u NAC darvozasiga ikkita gol urgan. 2010-2011- yilgi mavsum yakuniga koʻra, Doʻst 32 oʻyinda 13 ta gol urgan. 2011-2012-yilgi mavsumda u ADO Den Xaagga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan va 10-dekabr kuni „Excelsior“ga qarshi oʻyinda jamoasining barcha beshta golini urgan. Mavsum yakunida Dost 32 ta gol bilan Premer-divizionning eng yaxshi toʻpurari unvonini qoʻlga kiritgan
2012-yilning 1-iyunida Dost Germaniyaning „Volfsburg“ klubiga oʻtayotgani maʼlum boʻldi. Hujumchi 5 yillik shartnoma imzolagan[4].
2022-yilning yozida u Gollandiyaning „Utrext“ klubiga oʻtib, klub bilan bir mavsumlik shartnoma imzolagan[5].
Klub | Mavsum | Liga | Kubog | Yevropa kubogi | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Emmen | 2007-2008 | 23 | 6 | 1 | 0 | — | — | 24 | 6 | ||
Jami | 23 | 6 | 1 | 0 | — | — | 24 | 6 | |||
Xerakles | 2008-2009 | 27 | 3 | 1 | 0 | — | — | 28 | 3 | ||
2009-2010 | 34 | 14 | 3 | 1 | — | 2 | 1 | 39 | 16 | ||
Jami | 61 | 17 | 4 | 1 | — | 2 | 1 | 67 | 19 | ||
Xerenven | 2010-2011 | 32 | 13 | 2 | 1 | — | — | 34 | 14 | ||
2011-2012 | 34 | 32 | 5 | 6 | — | — | 39 | 38 | |||
Jami | 66 | 45 | 7 | 7 | — | — | 73 | 52 | |||
Volfsburg | 2012-2013 | 28 | 8 | 5 | 4 | — | — | 33 | 12 | ||
2013-2014 | 13 | 4 | 2 | 1 | — | — | 15 | 5 | |||
2014-2015 | 21 | 16 | 6 | 2 | 9 | 2 | — | 36 | 20 | ||
2015-2016 | 22 | 8 | 2 | 1 | 6 | 1 | 1 | 0 | 31 | 10 | |
2016-2017 | 1 | 0 | 1 | 1 | — | — | 2 | 1 | |||
Jami | 85 | 36 | 16 | 9 | 15 | 3 | 1 | 0 | 117 | 48 | |
Sporting (Lissabon) |
2016-2017 | 31 | 34 | 4 | 1 | 6 | 1 | — | 41 | 36 | |
2017-2018 | 30 | 27 | 8 | 3 | 11 | 4 | — | 49 | 34 | ||
2018-2019 | 22 | 15 | 9 | 7 | 4 | 1 | — | 35 | 23 | ||
2019-2020 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | |
Jami | 84 | 76 | 21 | 11 | 21 | 6 | 1 | 0 | 127 | 93 | |
Ayntraxt (Frankfurt) |
2019-2020 | 24 | 8 | 2 | 2 | 4 | 0 | — | 30 | 10 | |
2020-2021 | 12 | 4 | 1 | 1 | — | — | 13 | 5 | |||
Jami | 36 | 12 | 3 | 3 | 4 | 0 | — | 43 | 15 | ||
Bryugge | 2020-2021 | 19 | 9 | 1 | 1 | 2 | 0 | — | 22 | 10 | |
2021-2022 | 26 | 12 | 5 | 2 | 3 | 0 | 1 | 0 | 35 | 14 | |
Jami | 45 | 21 | 6 | 3 | 5 | 0 | 1 | 0 | 57 | 24 | |
Utrext | 2022-2023 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | ||
Jami | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | |||
Jami | 400 | 213 | 58 | 34 | 45 | 9 | 5 | 1 | 508 | 257 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.