![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/46/Hooligans_of_Spartak_Moscow.jpg/640px-Hooligans_of_Spartak_Moscow.jpg&w=640&q=50)
Bezorilik
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bezorilik – jamoat tartibi, qoidalarga qasddan xurmatsizlik bildirib urush, doʻpposlash, badaniga shikast yetkazish. Bezorilik, shuningdek, shaxsning jamoat tartibini qoʻpol ravishda buzishi va jamiyatga oshkora hurmatsizlik koʻrsatishdan iborat xatti-harakat hisoblanadi. Qonunlarda maʼmuriy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan mayda bezorilik va jinoiy javobgarlikka tortiladigan bezorilikka oid tegishli jazo choralari qoʻllaniladi. Bezorilik, odatda, sport tadbirlarida olomon bilan bogʻliq boʻlgan tartibsizliklar, bulling va vandalizm kabi buzgʻunchi yoki noqonuniy xatti-harakatlardir.
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/46/Hooligans_of_Spartak_Moscow.jpg/640px-Hooligans_of_Spartak_Moscow.jpg)
![]() | Bu maqola ayni damda Sitora Oblakulova (munozara) 13:29, 9-Yanvar 2024 (UTC) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 08:09, 31-Yanvar 2024 (UTC) (4 oy avval) da tahrir qilingan. |
Jamoat tartibi va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarga qarshi jamiyatda oʻrnatilgan yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, yaʼni mayda bezorilik uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish bilan jazolanadi (OʻzR MJKning 183-moddasi).
Jinoyat huquqida bezorilik, xususan, jiddiy zarar yetkazish bilan bogʻliq boʻlgan holda sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanish nazarda tutilgan. Bezorilik harakatlari umumeʼtirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikorqali sodir etiladi. Yosh bola, qariya, nogʻiron, ojiz ahvoldagi shaxslarni xoʻrlab, katta zarar yetkazish, birovning mulkini nobud qilish yoki unga shikast yetkazish ashaddiy bezorilik harakatlari hisoblanadi. Bezorilik oʻqotar qurolni namoyish qilish, uni qoʻllash bilan qoʻrqitish yoki qoʻllash, ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini koʻrgan boshqa fuqarolarga qarshilik koʻrsatish orqali sodir etilgan taqdirda, bunday bezorilik harakatlari oʻta ashaddiy bezorilik hisoblanadi va 5 yildan 8 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazosi tayinlanadi (OʻzR JKning 277-moddasi)[1].