From Wikipedia, the free encyclopedia
BMTda arab tili kuni (arab. اليوم العالمي للغة العربية) – bayram sifatida har yili 18-dekabrda nishonlanadi. Mazkur sana 2010-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jamoatchilik axboroti departamenti tomonidan ,,koʻp tillilik va madaniy xilma-xillikni nishonlash hamda tashkilotdagi barcha oltita rasmiy tildan teng foydalanishni targʻib qilish maqsadida” tashkil etilgan .
1973-yilda BMT Bosh Assambleyasi va uning asosiy qoʻmitalarining rasmiy va doimiy foydalaniladigan tillari qatoriga arab tilini kiritish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kun 18-dekabr sanasi sifatida tanlangan[1] . 2012-yilda Marokash, Saudiya Arabistoni va Liviya taklifi bilan YUNESKO Ijroiya kengashining 190-sessiyasida bu kun Jahon arab tili kuni sifatida tasdiqlangan [2] .
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.