![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5c/Blink-182_-_pressbild_PC_Rory_Kramer.jpg/640px-Blink-182_-_pressbild_PC_Rory_Kramer.jpg&w=640&q=50)
Blink-182
From Wikipedia, the free encyclopedia
Blink-182 AQShda tuzilgan rok-guruh boʻlib, vokalist va bas-gitarachi Mark Hoppus, vokalist va gitarachi Tom DeLonge va dovulchi Travis Barkerlardan iborat. 1992-yili Kaliforniyaning Poway shahrida tashkil topganidan beri butun dunyo boʻylab 50 milliondan oshiq albom sotishgan[2]. Sobiq dovulchi Scott Raynor bilan ular 1994-yili Cheshire Cat albomini tayyorlab, keyingi, 1997-yilgi, bir milliondan ortiq nusxada sotilgan Dude Ranch albomi bilan sezilarli muvaffaqiyatga erishdi. 1998-yilgi turne davomida Raynor oʻrniga Barker keldi.
Blink-182 | |
---|---|
![]() Chapdan oʻngga: Travis Barker, Tom DeLonge va Mark Hoppus (2023). | |
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Poway, Kaliforniya |
Mamlakat |
![]() |
Faoliyat yillari |
|
Janr | Pop-pank, alternativ rok |
Leybl |
|
Tarkib |
|
Sobiq aʼzolar |
|
Vebsayt | www.blink182.com |
Guruh 1999-yili multi-platina sertifikatini olgan va Billboard 200ligida „What's My Age Again?“ va „All the Small Things“ qoʻshiqlari bilan 9-pogʻonaga koʻtarilgan, keyinchalik esa Billboard Hot 100ligida 6-pogʻonani egallagan Enema of the State albomi bilan butunjahon shuhratga erishdi. Blink-182 qoʻshiqlaridagi mutoyiba hissi tufayli mashhur boʻldi, ularning keyingi Take Off Your Pants and Jacket (2001) albomi AQSh, Kanada va Germaniya xit-paradlarida eng yuqori pogʻonagacha koʻtarildi. Eponimik nomlangan Blink-182 2003-yili chiqdi, bu albomda guruh tajribaviy musiqa unsurlarini oʻzlarining anʼanaviy pop-pank formulasiga qoʻshib, uslublari voyaga yetganini koʻrsatdi.
DeLonge 2005-yil boshlarida guruhni tark etib, Blink-182 guruhining nomaʼlum muddatga taʼtilga chiqishiga sabab boʻldi. U Angels & Airwaves guruhini tuzdi, bu vaqtda Hoppus va Barker +44 guruhini tashkil qilishdi. Hoppus shuningdek teleboshlovchi boʻlib ishladi, Barker esa prodyuserlik va yakkaxonlik faoliyatlarida davom etdi. Blink-182 2009-yilning fevralida qayta birlashib, 2011-yilning sentyabrida oʻzlarining oltinchi studiyaviy albomi — Neighborhoodsni omma eʼtiboriga havola etishdi. Keyinchalik, 2016-yilda California, 2019-yilda esa Nine albomlarini eʼlon qilishdi. 2023-yilning 20-oktyabrida guruhning toʻqqizinchi albomi boʻlmish One More Time... chiqarildi[3].