Boston kremli pirogi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Boston kremli pirogi (inglizcha: Boston cream pie) — amerika shirinligi boʻlib, qatlami qaynatma kremli va usti shokoladli glazur bilan qoplangan ikkita biskvit qavatidan iborat tort[1]. Shirinlik tort va piroglar bir xil tovalarda pishiriladigan davrlarda oʻz nomiga ega boʻldi va bu soʻzlarni oʻsha paytlarda sinonim sifatida ishlatishar edi. XIX asrning ikkinchi yarmida bunday tort „kremli pirog“, „shokoladli kremli pirog“ yoki „qaynatma kremli tort“ deb nomlangan[2].
Qisqa faktlar Asl nomi, Yaratilgan yili ...
Asl nomi | inglizcha: Boston cream pie |
---|---|
Yaratilgan yili | 1881 |
Yopish