From Wikipedia, the free encyclopedia
Breaking Bad (inglizchadan tarjimasi: yoʻldan ozib) Qoʻshma Shtatlarda chiqarilgan televizion drama serialdir. Produser — Vince Gilligan. Albukerke shahrida suratga olingan Breaking Bad shu shaharda yashovchi oʻpka saratoniga chalingan va moddiy qiyinchilikda qolgan kimyo oʻqituvchisi Walter White (Bryan Cranston) bilan sodir boʻladigan voqealar haqida hikoya qiladi. U oʻlimidan oldin oilasining moliyaviy kelajagini taʼminlash maqsadida sobiq oʻquvchisi Jesse Pinkman (Aaron Paul) bilan birga metamfetamin tayyorlash va sotishni boshlab, jinoiy hayotga kiradi.[1]
Breaking Bad | |
---|---|
Turi |
Triller Drama serial |
Muallif(lar) | Vince Gilligan |
Rollarda |
Bryan Cranston Anna Gunn Aaron Paul Dean Norris Betsy Brandt RJ Mitte Bob Odenkirk Giancarlo Esposito Jonathan Banks |
Bastakor(lar) | Dave Porter |
Mamlakat | AQSh |
Mavsumlar soni | 5 |
Qismlar soni | 62 (Qismlar roʻyxati) |
Ishlab chiqarish | |
Ijrochi prodyuser(lar) |
Vince Gilligan Mark Johnson Michelle MacLaren |
Prodyuser(lar) |
|
Joy | Albukerke, New Mexico |
Kinematografiya |
|
Muharrir(lar) |
|
Qism davomiyligi | 47-53 daqiqa |
Studiya(lar) |
High Bridge Entertainment Gran Via Productions Sony Pictures Television |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | AMC |
Translyatsiya davri | 20-yanvar, 2008-yil— 29-sentyabr, 2013-yil |
Tashqi havolalar | |
Rasmiy sayti |
Serial Qoʻshma Shtatlar va Kanadada AMC kanalida Sony Pictures Television mahsuloti sifatida 2008-yil 20-yanvarida efirga uzatilina boshlandi. 2011-yil 14-avgustda AMC Breaking Bag 16 qismdan iborat oxirgi, beshinchi mavsum uchun yangilanganini eʼlon qildi.[2] Ushbu oxirgi mavsum ikki yarimga ajratilib, har bir yarim mavsum 8 qismdan iborat va ikki yil davomida efirga uzatildi. Birinchi yarim 15-iyul, 2012-yilda boshlanib, 2-sentyabrgacha koʻrsatildi; ikkinchi yarim 2013-yil 11-avgustidan namoyish qilindi.[3]
Breaking Bad tanqidchilar tomonidan keng miqyosda xush qarshilanib,[4][5][6][7][8][9][10] TV tarixidagi eng yaxshi dramalardan biri hisoblanadi.[4][5][11][12] Serialning teleefir uzatuvi tomoshabinlari soni 5-mavsumga kelib 6 milliondan oshib ketdi.[13]
Breaking Bad yettita Primetime Emmy Award oldi, shundan uchtasi eng yaxshi aktyor — Bryan Cranston, ikkitasi eng yaxshi ikkinchi rol aktyori — Aaron Paul uchun, yana uchtasi eng yaxshi drama nominatsiyasida berildi. Cranston shuningdek uch bora Golden Globe Award va toʻrt marta Screen Actors Guild Award mukofotlari nomzodligiga qoʻyildi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.