Buxoro davlat universiteti
Buxoro davlat universiteti, Buxoro shahar / From Wikipedia, the free encyclopedia
39°45′35.999999999993″N 64°25′19.199999999989″E
Buxoro davlat universiteti (BuxDU) | |
---|---|
Asl nomi | Buxoro davlat universiteti |
Xalqaro nomi | Bukhara State University (BukhSU) |
Shiori | Yuksak taraqqiyot-kuchli bilim, ilm-fan va tafakkurda! |
Asos solingan | 1930-yil |
Oʻquv yurti turi | universitet |
Rektori | Obidjon Xamidov |
Talabalari | 21776 ta |
Fakultetlar | 10 |
Bakalavriat | 21175 |
Magistratura | 601 |
Manzili | Buxoro, M.Iqbol koʻchasi 11-uy Oʻzbekiston |
Vebsayti | http://buxdu.uz |
Buxoro universiteti (Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro davlat pedagika instituti, BuxDU) — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati, Buxoro shahrida joylashgan oliy taʼlim dargohi. Universitet dastlab 1930-yilda Buxoro Oliy pedagogika instituti sifatida tashkil qilingan. 1992-yil 15-martda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti farmoniga asosan Buxoro pedagogika institutiga universitet maqomi berilgan[1]. Oliygoh oʻz ichiga 10 ta fakultetni qamrab oladi. Bular: Fizika-matematika, Iqtisodiyot va turizm, Axborot texnologiyalari, Tarix va yuridik, Filologiya, Xorijiy tillar, Tabiiy fanlar, Agranomiya va biotexnologiya, Sanʼatshunoslik hamda Sport faoliyati va pedagogika fakultetidir. Universitetga kirish uchun qabul jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan kvotalar asosida tashkil etiladi.