Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti / From Wikipedia, the free encyclopedia
39°45′24.999999999994″N 64°24′59.000000000001″E
Buxoro davlat pedagogika instituti | |
---|---|
Rektori | Ma’murov Bahodir Baxshulloyevich |
Fakultetlar | 6 ta |
Bakalavriat | 34 ta |
Magistratura | 8 ta |
Fan doktorlari | 7 ta |
Oʻqituvchilar | 80 ta |
Kampusi | 10889,2 kvadrat metr |
Manzili | Buxoro viloyati, Buxoro shahri Qayum Murtazoyev koʻchasi 16-uy va Piridastgir koʻchasi 2-uy |
Buxoro davlat pedagogika instituti — 2020-yil 27-fevralidagi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-4623-son „Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qaroridan soʻng, respublika hududida joylashgan beshta universitet negizida yangi institutlar tashkil etilgan[1][2][3]. Shu jumladan Buxoro davlat universitet qoshida Buxoro davlat Pedogogika instituti tashkil qilingan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 29-iyundagi buyrugʻi bilan Mirzohid Daminov Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlanadi. Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022-o‘quv yilidan boshlangan.
Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida 2022-yil 21-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qarorga asosan Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Buxoro davlat pedagogika instituti tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14-sentabrdagi 474-son qaroriga asosan Bahodir Baxshulloyevich Ma’murov Buxoro davlat pedagogika institutining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi