CONMEBOL
From Wikipedia, the free encyclopedia
Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi (isp:Confederación Sudamericana de Fútbol,[1] (por:Confederação Sul-Americana de Futebol[2]), umumiy qilib CONMEBOL deb aytishadi[3] (talaffuzi: konmebol̟), Janubiy Amerikada futbol sport turi boʻyicha asosiy tashkilot va FIFAning 6ta qitʼalararo konfederatsiyalaridan bittasi. Dunyoning eng qadimgi kontinental konfederatsiyasi hisoblanadi, shtab-kvartirasi Paragvayning Luque shahrida joylashgan. CONMEBOL Janubiy Amerikaning yirik futbol musobaqalarining tashkiliy va nazorat ishlarida masʼuldir. Tashkilotga 10ta davlat aʼzo boʻlib FIFAning eng kam sonli aʼzoga ega konfederatsiyasidir.
[[Fayl:|250px|alt=]] | |
Turi | Milliy assotsiatsiyalar federatsiyasi |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 9-iyul, 1916-yil (107 yil avval) (1916-07-09) |
Joylashuvi | Luque, Paragvay |
Hududiy xizmati | Janubiy Amerika |
Prezident | Eugenio Figueredo |
Aʼzolari | 10ta assotsiatsiya aʼzo |
Vebsayti | www.CONMEBOL.com |
Til(lar)i | Ispancha, portugalcha |
CONMEBOL member associations map.svg |
CONMEBOLning milliy futbol terma jamoalari 9 marta jahon chempionatlarida (Braziliya 5, Argentina va Uruguay 2 martadan) gʻolib boʻlgan va CONMEBOL futbol klublari 22 marta Qitʼalararo futbol kubogida, 4 marta FIFA Klublar oʻrtasida jahon chempionati musobaqalarida gʻalaba qozongan. Shuningdek Argentina va Urugvay terma jamoalari 2 marta olimpiada oʻyinlarida ham gʻolib boʻlgan. CONMEBOL UEFA qatori dunyoning eng kuchli konfederatsiyasi hisoblanadi.
CONMEBOLning jahon chempionati saralash bahslari dunyoning eng murakkab saralash bahsi hisoblanadi.[4][5] Hozirda konfederatsiyasi prezidenti Eugenio Figueredo va bosh kotibi Jose Luis Meiszner.[6]