Carl Jung
From Wikipedia, the free encyclopedia
Carl Gustav Jung (talaffuzi: Karl Gustav Yung; 1875-yil 26-iyul — 1961-yil 6-iyun) analitik psixologiyaga asos solgan shveytsar psixologi va psixiatridir. Jungning asarlari psixiatriya, psixologiya,[1] antoropologiya, arxeologiya, adabiyot, falsafa va dinshunoslik sohalarida muhim rol oʻynagan.
Jung tomonidan ishlab chiqilgan analitik psixologiyadagi markaziy konsepsiyalardan biri — bu individuallashuv boʻlib, bu Jung tomonidan individ „Meni“ning butun umri davomida oʻzining anglangan va anglanmagan elementlari qurshovidan qutulishga intilishidir. Jung bu jarayonni insoniy taraqqiyotning asosiy vazifasi deb hisoblagan. U bugungi psixologiyada mavjud boʻlgan eng mashhur va taʼsirli konsepsiyalarni ishlab chiqqan va ular orasiga sinxronlik, arxetipal hodisalar, jamoaviy ongsizlik, psixologik kompleks, ekstraversiya va introversiya hodisalarni misol qilib keltirish mumkin.
Carl Gustav Jung 1875-yil 26-iyul kuni Shveytsariyaning Turgo kantonida Kessuil shahrida rohib oilasida tavallud topgan.