From Wikipedia, the free encyclopedia
Chartaq (forscha: چارطاق), chahartaq (چهارطاق), chartaqi (چارطاقی), yoki chahartaqi (چهارطاقی)[1], toʻgʻridan-toʻgʻri „toʻrtta arkali“ degan maʼnoni anglatadi, toʻrtta toq va gumbazdan tashkil topgan meʼmoriy birlikdir.
Chartaqi Eron meʼmorchiligining koʻzga koʻringan elementi boʻlib, turli funksiyalarga ega. 1500 yil davomida ham dunyoviy, ham diniy kontekstlarda qoʻllangan boʻlib, birinchi namunasi sosoniylarning Gor shahrida (Firuzobod) milodiy 210-yillarda shoh Ardashir I tomonidan ishlab chiqilgan. Chahartoqning eng katta namunasi Pars Bishapurdagi Shopur I saroyida qoʻllangan. Islomgacha boʻlgan davrda ishlangan koʻplab chahartaqlar saqlanib qolingan, ammo ular odatda ancha katta majmuaning yagona saqlanib qolgan qismi hisoblanadi. Islom meʼmorchiligida chahartoq bilan bezatish qabul qilingan[2].
Tegishli tushuncha čahārqāpū (چهارقاپو)[2].
Tehrondagi post-modern Azadi minorasining bosh rejasiga chartaqlar qurish anʼanalarii taʼsir qilgani aytiladi[3][4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.