From Wikipedia, the free encyclopedia
Charlie Hunnam (talaffuzi: Charli Hannem; 1980-yil 10-aprelda tugʻilgan; Nyukasl apon Tayn, Angliya, Buyuk Britaniya) — ingliz aktyori.
Charlie Hunnam | |
---|---|
Hunnam 2017-yilda | |
Tavalludi |
Charles Matthew Hunnam 10-aprel 1980-yil Nyukasl apon Tayn, Angliya, Birlashgan Qirollik |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 1998–hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Katharine Towne (turm. 1999; ajr. 2002) |
Charlie Hunnam 1980-yil 10-aprel sanasida Nyukasl-apon Tayn shahrida tavallud topgan. Charliening otasi Uilyam „Billi“ Hunnam (1952—2013) temir sotuvchisi[1] boʻlib ishlagan, otasi Charlie 2 yoshligidayoq oilasini tashlab ketgan. Onasi Jeyn Bell esa balerina hamda oʻzining shaxsiy biznes faoliyatini olib borgan. Charliening soʻzlariga koʻra, onasi yolgʻiz ona sifatida farzandlariga juda yaxshi tarbiya bera olgan.[2][3][4][5]. Charliening katta akasi Uilyam hamda ikkita kichik oʻgay ukasi Oliver va Kristianlar boʻlgan[6][7]. Charlie 12 yoshligida, onasi turmushga chiqgach, Charlie Kambriyaning Melmerbi qishlogʻiga koʻchib oʻtdi. Buvilaridan biri portret chizgan[8].
Charlie mizofobiya, mikroblar va iflosliklardan qoʻrqardi. Yoshligida u regbi oʻynagan va sinfdoshlari bilan jang qilgan, shuning uchun u Kumbriyaning Penrit shahridagi Qirolicha Yelizaveta Grammatika maktabidan haydalgan, bu esa uni imtihonni uyda topshirishiga sabab boʻlgan[9][10][11]. Shundan soʻng u Karlayldagi Kembrey sanʼat va dizayn kollejiga oʻqishga kirdi (hozirgi Kambriya universiteti tarkibiga kiradi), u yerda kino nazariyasi va tarixi[12][13] boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlib, kelajakdagi oʻz filmlarini suratga olish rejasini tuzgan.
1999-yili Hunnam aktrisa Katharine Towne bilan uchrashdi. Ular uch haftalik munosabatlardan keyin Las-Vegasda turmush qurishdi va 2002-yilda ajrashishdi[14][15][16]. Hunnam, shuningdek, model Sophie Dahl, aktrisa Stella Parker va kinoprodyuser Georgina Townsley[17] bilan munosabatlarga ega edi.
2016-yilda aktyor jiu-jitsu[18] bilan shugʻullana boshladi va 2018-yil oktyabr oyida koʻk kamarga ega boʻldi[19].
Yil | Film | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
1999 | Whatever Happened to Harold Smith? | Daz | |
2002 | Abandon | Embry Larkin | |
2002 | Nicholas Nickleby | Nicholas Nickleby | |
2003 | Cold Mountain | Bosie | |
2005 | Green Street Hooligans | Pete Dunham | |
2006 | Children of Men | Patric | |
2011 | The Ledge | Gavin Nichols | |
2012 | 3,2,1... Frankie Go Boom | Frankie | |
2012 | Deadfall | Jay | |
2013 | Pacific Rim | Raleigh Becket | |
2015 | Crimson Peak | Alan McMichael | |
2016 | The Lost City of Z | Percy Fawcett | |
2017 | King Arthur: Legend of the Sword | Qirol Arthur | |
2018 | Papillon | Henri Charrière | |
2019 | A Million Little Pieces | Bob Frey Jr. | |
2019 | Triple Frontier | William 'Ironhead' Miller | |
2019 | True History of the Kelly Gang | Sergeant OʻNeill | |
2019 | Jungleland | Stanley Kaminski | |
2019 | The Gentlemen | Raymond Smith | |
2022 | Last Looks | Charlie Waldo | |
2023 | Rebel Moon | TBA | [20] |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.