Chiroqchi
Aholisi 2021 yil hisobiga koʻra 400000dan ortiq / From Wikipedia, the free encyclopedia
Chiroqchi — Qashqadaryo viloyatidagi shahar va tuman markazidir. Aholisi — taxminan 270 ming nafardan ortiq.[1] Joylashuvi: 39°2’23" shimoliy kenglik va 66°33’36" sharqiy uzunlik.[2] Shaharda asosan oʻzbeklar istiqomat qilishadi. Juda kam miqdorda tatarlar bor. Qashqadaryo daryosidan oʻtuvchi koʻprik oldida, shahar markaziy bozorining orqa tomonida loʻlilar yashaydi. Mustaqillikgacha bir nechta juhud xonadoni ham boʻlgan. Shaharda „Chiroqchi“, „Chiroqchi fermeri“ nomli gazetalar chop etiladi. Oʻz bosmaxonasiga ega. „Chiroqchi chiroqlari“ nomli xalq-milliy ansambli ham mavjud. Shaharda 3 ming tomoshabin uchun moʻljallangan, yangi taʼmirlangan stadion bor. Futbol klubi — „Chiroqchi“.[3] Shaharda aikido klubi faoliyat koʻrsatmoqda.[4]
Qisqa faktlar Mamlakat, viloyat ...
Chiroqchi | |
---|---|
shahar | |
39°02′01″N 66°34′26″E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Chiroqchi tumani |
Aholisi | 270 mingdan ko'proq |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Yopish