Turkmanobod
From Wikipedia, the free encyclopedia
Turkmanobod (turkmancha: Türkmenabat; 1924-yilgacha va 1927-93 yillarda Chorjoʻy, 1924-27 yillarda Leninsk) — Turkmanistonning ikkinchi eng yirik shahri, Lebap viloyati markazi. Amudaryoning chap sohilida. Yirik temir yoʻl tuguni va daryo porti, aeroport bor. Aholisi 408 906 kishi.
Qisqa faktlar Turkmanobod turkmancha: Türkmenabat, Mamlakat ...
Turkmanobod turkmancha: Türkmenabat | |
---|---|
shahar | |
39°06′0″N 63°34′0″E | |
Mamlakat | Turkmaniston |
Viloyat | Lebap viloyati |
Hukumat | |
• Hokim | Dovran Ashirov |
Asos solingan | 1511 |
Avvalgi nomlari | Chorjoʻy, Leninsk, Charjou, Charjev, Amul. |
Qachondan beri shahar | 1918 |
Rasmiy til(lar)i | Turkman tili |
Aholisi (2012) |
408 906[1] |
Milliy tarkib | turkmanlar, ruslar, oʻzbeklar, qozoqlar, tatarlar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar, xristianlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +993 422 |
Pochta indeks(lar)i | 746100 |
Avtomobil kodi | LB |
Yopish
Shaharda neftni qayta ishlash, metallsozlik sanoati korxonalari, ipak, goʻsht kombinatlari, jun, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal, mebel fabrikalari, qorakoʻl, paxta tozalash, sut, vino, qurilish materiallari, superfosfat, taʼmirlash zdlari ishlab turibdi. Ped. instituta, bir kancha oʻrta maxsus bilim yurtlari, teatr, tarixoʻlkashunoslik muzeyi, Turkmaniston tajriba ipakchilik styasi, meliorativ stya bor.