Turkman tili
From Wikipedia, the free encyclopedia
Turkman tili — turkiy tillardan biri. Asosan, Turkmanistonda, shuningdek, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston respublikalarining ayrim tumanlarida, Rossiya Federatsiyasining Stavropol oʻlkasida, Afgʻoniston, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkmanistonning rasmiy tili. Utgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 4,8 mln. (jumladan, Turkmanistonda 2,5 mln.dan ortiq, Oʻzbekistonda 130 ming, Afgʻonistonda 400 ming, Eronda 300 mingga yaqin) kishidan iborat boʻlgan. Asosiy laxjalari: taka, yovmut, ersari, goʻklan, sariq, salir, chovdur va boshqa Stavropoldagi Turkman tili lahjasi truxmen tili deb ataladi.
Turkman tili | |
---|---|
Milliy nomi | Türkmençe, Türkmen dili, Түркменче, Түркмен дили, تورکمن ﺗﻴﻠی,تورکمنچه |
Mamlakatlar | Afgʻoniston[1], Eron[2], Turkmaniston[3], Tojikiston[4], Oʻzbekiston[5] va Pokiston[6] |
Rasmiylik holati | Turkmaniston |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 6 563 000[7] |
Turkumlanishi | |
Turkum | Yevroosiyo tillari |
Til oilasi | |
Alifbosi | lotin, kirill, arab |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | tk |
ISO 639-2 | tuk |
ISO 639-3 | tuk |
Turkman tili gʻarbiy oʻgʻuz kabila (urugʻ) tillari negizida shakllangan, lekin rivojlanish jarayonida qipchoq guruhidagi turkiy tillarga xos xususiyatlarga ham ega boʻlgan. Turkman tilining asosiy oʻziga xos belgilari: birlamchi (qad.) choʻziq unlilarning mavjudligi, tishlararo talaffuz qilinadigan s vaz undoshlarining (boshqa turkiy tillardagi odatiy s va 3 oʻrniga) mavjudligi, lab undoshlari garmoniyasining rivojlanganligi; kelasi zamon gumon feʼli inkor shaklining r tugallanmali variantining (boshqa turkiy tillar uchun umumiy boʻlgan maye shakli bilan birga) qoʻllanishi va boshqa Leksikasida arab, fors, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar uchraydi.
Eski adabiy Turkman tili, asosan, sheʼriyat tili hisoblangan. Hozirgi adabiy Turkman tili esa 20-asrning 20-yillaridan turkman lahjalarining taka lahjasi negizida birlashuvi natijasida shakllangan. 1928-yilgacha arab, 1929—40 yillarda lotin, 1940— 90-yillarda rus grafikasiga asoslangan yozuvdan foydalanilgan. 1991-yildan yana lotin fafikasi asosidagi yozuv joriy etildi.
Turkman tili' (Lotin alifbosida: türkmen dili, Kriill alifbosida: Түркмен дили, ISO 639-1: tk, ISO 639-2: tuk) — Turkmanistonning milliy tili. Bu tilda Turkmanistonning oʻzida taxminan 3430000 kishi gapiradi. Turkman tilida gaplashadiganlarni quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:
Hudud | Soni | Axborotning yillari |
---|---|---|
Turkmaniston | 3 430 000[7] | 1995 |
Eron | 2 000 000[7] | 1997 |
Afg'oniston | 500 000[7] | 1995 |
Oʻzbekiston | 152 137[7] | 2000 |
Turkiya | 920 | 1982[7] |
Tojikiston | taxminan 90 ming kishi | |
Qozog'iston | taxminan 90 ming kishi | |
Rossiya | taxminan 90 ming kishi |