Denis Ten
From Wikipedia, the free encyclopedia
Denis Yuryevich Ten (Olmaota, 1993-yil 13-iyun — 2018-yil 19-iyul) — qozogʻistonlik figurali uchuvchi. 2014-yilda figurali uchish boʻyicha Sochi Olimpiadasining bronza medali sovrindori. U figurali uchish boʻyicha 2013-yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori[1], figurali uchish boʻyicha VII qishki Osiyo oʻyinlari chempioni, Qozogʻistonning uch karra chempioni. Qozogʻiston Respublikasining xalqaro sport ustasi.
Denis Yurievich Ten | |
---|---|
| |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi |
1993-yil 13-iyun Olmaota, Qozogʻiston |
Vafot sanasi |
2018-yil 19-iyul (25 yosh) Olmaota, Qozogʻiston |
Boʻyi | 168 sm |
Sport | |
Qaysi sport | Figurali uchuvchi |
Murabbiy(lar)i | Nikolay Morozov |
Medallar | |
Hurmat ordeni |
Vankuverdagi Olimpiadada Denis Ten oʻz darajasida oʻynadi va 76,34 ball bilan 10-oʻrinni egalladi.Kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida-8-oʻrin (2009-yil aprel), „Toʻrt qitʼa chempionati“ da 9-oʻrin (2009-yil fevral), 2013-yilda — Jahon chempionati kumush medali sovrindori, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 4-oʻrin (2009-yil mart), oʻsmirlar oʻrtasidagi „Gran-pri“ turkumidagi Jahon kubogining 1-oʻrin sohibi (2008-yil oktyabr). Joriy mavsumda u kattalar oʻrtasidagi „Gran-pri“ning qoʻsh bosqichida ishtirok etib, 7 va 10-oʻrinlarni egalladi. Jahon reytingida 18-oʻrinni egallaydi. Eng yuqori ball — 266,48 (2013-yilgi kattalar chempionati). 2014-yilda qishki Olimpiya oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi.[2]