Denver
From Wikipedia, the free encyclopedia
Denver — AQSH gʻarbidagi shahar, Kolorado shtatining maʼmuriy markazi. Saut-Platt daryosi sohilida, Qoyali togʻlarning sharqiy etagida 600 m balandlikda joylashgan. Aholisi 554,6 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Togʻli shtatlarning yirik sanoat va savdo-moliya markazi. Aviaraketa-kosmik, radioelektronika asboblari, priborsozlik, metallni qayta ishlash, sement, koʻn poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Sport buyumlari ishlab chiqariladi. Zarbxona, astma kasalliklarini davolash ilmiy markazi, 2 ta universitet, muzeylar bor. D. yonidan rangli va nodir metall rudalari qazib olinadi. Shaharga 1858-yilda oltin qidiruvchilar asos solgan. Togʻ turizmining markazi.[3]
Denver | |
---|---|
Shahar | |
39°44′21″N 104°59′5″W | |
Mamlakat | AQSh |
Shtat | Colorado |
Okrug | Denver |
Hukumat | |
• Mer | Michael Hancock (D)[1] |
Asos solingan | 1858 |
Maydon | 4,013 km2 (1,549 kv mi) |
Dengiz sathidan balandligi | 1564–1731 m |
Aholisi (2011) |
619 968 |
Zichligi | 1561 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC−6, yozda UTC-5 |
Telefon kodi | 303 va 720 |
Pochta indeks(lar)i | 80201–80212, 80202, 80214–80239, 80241, 80243–80244, 80246–80252, 80256–80266, 80271, 80273–80274, 80279–80281, 80290–80291, 80293–80295, 80299, 80012, 80014, 80022, 80033, 80123, 80127[2] |
FIPS kodi | 08-20000 |
City and County of Denver AQShning Colorado shtatida joylashgan shahardir. Denver[4] okrugi tarkibiga kiradi.