From Wikipedia, the free encyclopedia
Donetsk (1924-yilgacha Yuzovka, 1961-yilgacha Stalino) — Ukrainadagi shahar (1917-yildan). Kalmius daryosi boʻyida. Donetsk viloyati markazi. Temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 1075 ming kishi (1997). Yondosh shaharlar bilan birga sanoat tuguni va shahar aglomeratsiyasini tashkil etgan. Ogʻir sanoatning eng yirik markazlaridan. Donetsk toshkoʻmir havzasiaan koʻmir qazib olinadi. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (kon, metallurgiya jihozlari va b., muzlatgich, kabel, velosiped va b. ishlab chiqariladi), kimyo (kimyoviy reaktiv, plastmassa zavodlari), qurilish materiallari, koks kimyosi, oziq-ovqat, yengil (shu jumladan ipgazlama) sanoat korxonalari bor. Ukraina FA ning ilmiy tadqiqot institutlari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari (shu jumladan universitet), 3 teatr (shu jumladan opera va balet teatri), oʻlkashunoslik muzeyi va badiiy muzey mavjud. D.ga 1869-yil asos solingan[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.