Dorul Omon saroyi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dorul Omon saroyi (pushtucha: د دارالامان ماڼۍ,dariycha: قصر دارالامان; “Tinchlik maskani” yoki ikkinchi maʼnosi “Omonulloh maskani”[3] — Kobul markazidan janubi-gʻarbiy tomonga taxminan 16 kilometr uzoqlikda joylashgan uch qavatli saroy. U Milliy Assambleya binosi qarshisida va Afgʻoniston Milliy Muzeyi va Afgʻoniston Amerika Universitetiga yaqin joylashgan.
Darul Aman Palace | |
---|---|
قصر دارالامان - د دارالامان ماڼۍ | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Saroy 2019-yilda Afgʻoniston mustaqilligining 100 yilligi munosabati bilan qayta ta'mirlandi |
Turi | Saroy |
Meʼmoriy uslubi | Neoklassik usul |
Shahar | Kobul |
Mamlakat | Afgʻoniston |
Taʼmirlash narxi | $10-20 million[1][2] |
Balandligi | 107 ft (33 m) |
Texnik holati | |
Material |
Gʻisht Marmar |
Qavatlar soni | 3 |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor |
Walter Harten A. Godard M. Godard |
Dorul Omon saroyi |
150 xonali Dorul Omon saroyi dastlab 1920-yillarda, Omonullaxon davrida qurilgan.[4] U 1919-yil fevralidan 1926-yil iyuniga qadar Afgʻoniston amiri, 1926-yil iyunidan 1929-yil yanvariga qadar Afgʻoniston qiroli sifatida hukmronlik qildi. 1990-yillardagi fuqarolar urushi paytida saroy jiddiy zarar koʻrgan. Biroq, 2016—2020-yillar oraligʻida saroy qayta ta'mirlandi va toʻliq oʻzining avvalgi shon-shuhratiga qaytarildi. Ta'mirlash ishlari asosan 2019-yil 19-avgustda boʻlib oʻtgan Afgʻoniston Mustaqilligining 100 yilligi munosabati bilan yakunlandi.[4][5]