Duatlon
From Wikipedia, the free encyclopedia
Duatlon — bu sport turi bo‘lib, yugurish, keyin velopoyga va yana bir yugurish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Duatlon ba’zi bir tomonlama triatlonga o‘xshab ketadi. Xalqaro miqyosda duatlon Xalqaro triatlon ittifoqi (ITU) tomonidan tartibga solinadi[1].
Duatlon musobaqalari qisqa, o‘rtacha(standart) va uzoq masofalarda o‘tkaziladi. Duatlonning sprint masofasi - 5 km yugurish, 20 km velosiped poygasi va 2,5 km yugurish. Standart masofa 10 km yugurish, 40 km velosiped va 5 km yugurish. Uzoq masofalar birlashtirilmagan, ammo, masalan, Powerman Zofingen — bu 10 km yugurish, 150 km velosipedda va yana 30 km yugurishdan iborat.