Dune (franshiza)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dune (shuningdek, Dune Chronicles nomi bilan ham mashhur) 1965-yili Frank Herbert[lower-alpha 1] tomonidan yozilgan Dune romaniga asoslanuvchi va yangi qismlar qoʻshiluvchi davomiy Amerika ilmiy-fantastik media franshizasidir. Dune, odatda, tarixdagi eng koʻp sotilgan ilmiy fantastika romani sifatida bahonalanadi[1][2]. Ushbu asar 1966-yilda eng yaxshi roman nominatsiyasida Nebula mukofoti va Hugo mukofotini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik, 1984-yilgi filmga, 2000-yilgi televizion mini-serialga, 2021-yilda premyerasi boʻlib oʻtgan shu nomli film hamda 2024-yilda uning davomi sifatida chiqarilgan filmning ikkinchi qismiga moslashtirilgan. Herbert asarning besh qismli toʻplamini yozgan bo‘lib, ularning dastlabki ikkisi 2003-yili mini-serial sifatida ekranlashtirildi. Dune asosida stol oʻyinlari va bir qator videooʻyinlar ishlab chiqildi. 2009-yildan beri Dune romanlaridagi sayyoralarning nomlari Saturnning yoʻldoshi boʻlgan Titandagi tekisliklar va boshqa tuzilmalariga berilib kelinmoqda.
Dune | |
---|---|
Franshiza logotip (Villeneuve films) | |
Muallif(lar) | Frank Herbert |
Birinchi asar | Dune (1965)[lower-alpha 1] kombinatsiyasi |
Bosma nashrlar | |
Kitob(lar) |
|
Roman(lar) |
|
Komiks(lar) |
|
Filmlar va teleseriallar | |
Film(lar) |
|
Teleserial(lar) |
|
Oʻyinlar | |
Anʼanaviy oʻyin(lar) |
|
Audio | |
Saundtrek(lar) |
|
Frank Herbert 1986-yilda vafot etgan. F. Herbertning vafotidan oʻn yil oʻtgach, uning topilgan qoʻlyozmalari asosida 1999-yildan boshlab oʻgʻli Brian Herbert va ilmiy fantastik asarlar muallifi Kevin J. Anderson bir nechta prekvel romanlar toʻplamini hamda asl Dune qismlarini (2006-yilda „Hunters of Dune“ va 2007-yilda „Sandworms of Dune“) yakunlovchi ikki qismdan iborat asarini nashr ettirishdi.
Herbertning siyosiy, ilmiy va ijtimoiy-fantastik asarlari Dune universe yoki Duniverse nomi bilan tanilgan. Oʻn ming yillardan keyingi kelajak haqida hikoya qiluvchi ushbu asar barcha „fikrlash mashinalari“ni, jumladan kompyuterlar, robotlar va sunʼiy intellektni taqiqlagan sivilizatsiya haqida hikoya qiladi. Ushbu mashinalarning oʻrniga sivilizatsiya ilgʻor aqliy va jismoniy yumushlar, shuningdek, kompyuterlarni taqiqlashga rioya qiluvchi zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqadi. Quruq choʻl hududidan iborat boʻlgan Arrakis sayyorasida oʻsuvchi ziravorlar koinotdagi eng qimmatli manba boʻlib, imperiya uchun juda muhim ahamiyat kasb etgan.
Herbert asarlaridagi baʼzi atamalar va gʻoyalarning arab tilidagi soʻz va tushunchalarga oʻxshashligi uning asarlarida Yaqin Sharq taʼsirini yaqqol koʻrsatadi.