Dunsyan xalqi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dunsyan yokiDunsyane (oʻz nomi: Sarta (xitoycha: 撒尔塔) yoki santa ; kit. 东乡族, pinyin Dōngxiāngzú) — Xitoyning shimoli-gʻarbiy qismida yashovchi moʻgʻul xalqi. Ular til va madaniyat jihatidan moʻgʻullarga oʻxshash, ammo qoʻshnilari dunganlar kabi islom dinini qabul qilishgan. Dunsyane XXRning rasman tan olingan 56 milliy ozchiliklaridan biridir. Ularning yarmiga yaqini Dunsyan tilida, qolganlari xitoy tilida gaplashadi.