![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7e/Mongols-map.png/640px-Mongols-map.png&w=640&q=50)
Moʻgʻul xalqlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Moʻgʻul xalqlari yoxud moʻgʻullar - moʻgʻul tillarida soʻzlashuvchi hamda umumiy koʻp asrlik tarix, madaniyat, anʼana va urf-odatlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan qardosh xalqlar guruhi[5][6][7].
Moʻgʻul xalqlari | |
---|---|
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni | |
Jami: 10 millionga yaqin
| |
Til | moʻgʻul tillari, xitoy tili, rus tili |
Dini | buddizm, shomonlik, tangrichilik, pravoslavlik, islom, protestantlik, katolik |
Irqiy turi | mongoloid |
Oʻxshash xalqlar | tungus-manjurlar, turkiy xalqlar |
Etnik guruhlar | oltoy tillari |
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7e/Mongols-map.png/640px-Mongols-map.png)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/7/79/%D0%91%D1%83%D1%80%D1%8F%D1%82%D1%81%D0%BA%D0%BE%D0%B5_%D1%81%D0%BE%D1%91%D0%BC%D0%B1%D0%BE.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/94/Mongolwomen.jpg/640px-Mongolwomen.jpg)
Ular Xitoyning shimolida, Moʻgʻulistonda va Rossiya Federatsiyasining viloyatlari - Buryatiya va Qalmogʻiston respublikalarida, shuningdek, Ust Oʻrda Buryat tumanida (Irkutsk viloyati) va Agin Buryat tumanida (Zabaykal oʻlkasi) yashaydilar[8].
10 millionga yaqin odam oʻzini moʻgʻul xalqi deb hisoblaydi. Ularning 3 millioni Moʻgʻulistonda, 4 millioni Ichki Moʻgʻuliston muxtor rayonida, 3 milliongachasi Lyaonin, Gansu, Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni va Xitoyning boshqa hududlarida tarqalganlar[9].