![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7d/Strait_of_Dover_map.png/640px-Strait_of_Dover_map.png&w=640&q=50)
Duvr boʻgʻozi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Duvr boʻgʻozi (inglizcha: Strait of Dover) yoki Pa-de-kale (fransuzcha: Pas de Calais) — Buyuk Britaniya oroli bilan Yevropaning materik qismi (Fransiya qirgʻoklari) orasidagi boʻgʻoz, Shimoliy dengiz tomonidan La-Mansh boʻgʻoziga kiraverishda. Antropogen davrida quruqlikning choʻkishidan vujudga kelgan. Eng kambar joyi (Duvr bilan Kale shaharlari orasida) 32 km, eng chuqur joyi 64 m. Yirik portlari: Duvr, Kale, Dyunkerk. Duvr — Kale, Duvr—Dyunkerk, Duvr—Bulon oʻrtasida parom qatnaydi.[1]
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7d/Strait_of_Dover_map.png/640px-Strait_of_Dover_map.png)