Eddie Howe
From Wikipedia, the free encyclopedia
Edward John Frank Howe (1977-yil, 29-noyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hozir Premer-liganing Newcastle United klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Edward John Frank Howe[1] | ||
Tavallud sanasi | 29-noyabr 1977-yil (1977-11-29) (46 yosh) | ||
Tavallud joyi | Amersham, Angliya | ||
Boʻyi | 5 ft 10 in (1.78 m) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Newcastle United (bosh murabbiy) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
0000-1994 | AFC Bournemouth | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1994-2002 | AFC Bournemouth | 200 | (10) |
2002-2004 | Portsmouth | 2 | (0) |
2004 | → Swindon Town (ijara) | 0 | (0) |
2004 | → AFC Bournemouth (ijara) | 17 | (1) |
2004-2007 | AFC Bournemouth | 53 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
1998 | England U21 | 2 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2008-2011 | AFC Bournemouth | ||
2011-2012 | Burnley | ||
2012-2020 | AFC Bournemouth | ||
2021- | Newcastle United | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Oʻzining futbolchilik faoliyati davomida himoyachi boʻlgan Howe oʻyinchilik faoliyatining katta qismini Bournemouth klubida oʻtkazgan, klubga yoshlar tizimidan oʻtgan va klubda 8 yil davomida faoliyat olib borgan, keyin yana uch yillik faoliyatini yakunlash uchun qaytib keldi va faoliyatini yakunladi. U keyingi yili boshqaruvga kirdi va 2009-yilning yanvarida Futbol Ligasidagi eng yosh murabbiy sifatida Konferensiya Milliy ligasiga tushib qolgan Bournemouth jamoasini boshqardi.[2] Uning rahbarligi ostida Bournemouth boshqaruvidagi birinchi mavsumida, mavsumni minus 17 ochko bilan boshlagan va keyingi mavsumda Birinchi ligaga koʻtarilib, quyi ligaga tushib qolishga muvaffaq boʻldi.
Burnleyda qisqa muddat murabbiy sifatida ishlagandan soʻng, Howe Bournemouthga qaytib keldi va klub bilan uch mavsumda ikkita marta muvafaqiyatga erishdi va klub bilan Angliya futbolining yuqori divizioniga olib chiqishga yordam berdi. 2015-yilda yetti yillik davrda uchta marta koʻtarilganidan soʻng u 2015-yilda Futbol Ligasi oʻn yillik murabbiyi deb topildi.[3][4] Bournemouth 2020-yilda Chempionshipga tushib ketishdan oldin Howe qoʻl ostida besh mavsum davomida Premer-ligada omon qoldi. U klub quyi ligaga tushib ketganidan keyin Bournemouth bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqdi. Ketgan vaqtida Howe Premer-ligada bosh murabbiy sifatida eng uzoq vaqt ishlagan murabbiy edi.[5] Bosh murabbilikdan istefoʻga chiqganida bir yil oʻtib, 2021-yilda Howe Newcastle United bosh murabbiyi etib tayinlandi.