Eron takyalari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Eron takyalari (forscha: تَکْیههایِ ایران takye-hâ-ye Irân) – kunimizda husayniyalar sifatida ishlatiladigan binolar[1][2][3]. Husayniya – shia musulmonlari Muharram oyida Husayn vafoti sanasida yigʻiladigan bino. Safaviylar shialikni Eron davlati dini deb e’lon qilgandan keyin, Eron takyalari husayniyalarga aylangan[4]. Bunday binolar, ayniqsa, Eronda koʻp uchraydi[5], bu mamlakatda deyarli har bir shaharda takyalar mavjud. Birgina Tehron Qojarlar sulolasi davrida 50 tagacha takyaga ega boʻlganligi haqida maʼlumotlar mavjud[2]. Takyalar odatda fors meʼmorchiligida kuzatilishi mumkin boʻlgan elementlari asnosida qurilgan.