FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichi (AFC)
From Wikipedia, the free encyclopedia
FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichining Osiyo boʻlimida Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga (AFC) aʼzo boʻlgan terma jamoalar, 2018-yili Rossiya mamlakatida boʻlib oʻtadigan jahon chempionati uchun saralab olinadi.
Qisqa faktlar Umumiy maʼlumotlar, Sana ...
Umumiy maʼlumotlar | |
---|---|
Sana | 12-mart 2015 – 10-oktabr 2017 |
Jamoalar | 46 (1 ta konfederatsiyadan) |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 42 |
Gollar soni | 111 (har oʻyinda oʻrtacha 2.64 ta) |
Muxlislar soni | 547 831 (har oʻyinda oʻrtacha 13 044 ta) |
Toʻpurar(lar) |
IND Sunil Chhetri (4 gol) |
← 2014 2022 → |
Yopish
2014-yilning 16-aprelida, AFC Ijroiya Qoʻmitasi jahon chempionati hamda 2019-yili 24ta terma jamoa final bosqichida ishtirok etadigan Osiyo kubogi uchun boʻladigan boshlangʻich saralash bosqichini birga oʻtkazish taklifini maqullagan.[1] Shuning uchun, ushbu jahon chempionatining birinchi ikkita roundi Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadigan AFC Osiyo kubogi 2015 musobaqasi uchun kechadigan saralash bosqichi uchun ham inobatga olinadi.