FIFA U-20 Jahon chempionati 2015
From Wikipedia, the free encyclopedia
FIFA U-20 Jahon chempionati 2015 — Yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati bahslari ilk bor oʻtkazilgan 1977-yildan beri oʻtkazilib kelinayotgan FIFA U-20 Jahon chempionati musobaqasining 20-turniri hisoblanadi. Musobaqaga Yangi Zelandiya mamlakati ilk bora mezbonlik qiladi,[1] 1981 va 1993-yilgi chempionatga Avstraliya mezbon boʻlganligini hisobga olib Okeaniya mintaqasida 3-marotaba ushbu musobaqa oʻtkaziladi. Jami 52ta oʻyin 7ta mezbon shaharlarda oʻtkaziladi.[2]
Umumiy maʼlumotlar | |
---|---|
Mezbon davlat | Yangi Zelandiya |
Sana | 30-maydan 20-iyungacha |
Jamoalar | 24 (6 ta konfederatsiyadans) |
Bellashuv joylari | 7 (7 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | Serbiya (2- marta) |
2-oʻrin | Braziliya |
3-oʻrin | Mali |
4-oʻrin | Senegal |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 52 |
Gollar soni | 154 (har oʻyinda oʻrtacha 2.96 ta) |
Muxlislar soni | 396 668 (har oʻyinda oʻrtacha 7 628 ta) |
Toʻpurar(lar) |
Bence Mervó UKR Viktor Kovalenko (5tadan gol) |
Eng yaxshi oʻyinchi | Adama Traoré |
Eng yaxshi darvozabon | Predrag Rajković |
Feyr-pley jamoa | Ukraina |
← 2013 2017 → |
2013-yilning fevral oyida, mahalliy tashkiliy qoʻmitasi, musobaqaning mezbon shaharlari hamda stadionlarini eʼlon qildi.[3] Keyinchalik yana bir qancha oʻzgartirishlar kiritildi.[4][5]
2013-yil yanvar oyida, stadionlar eʼlon qilinmasidan oldin, Dunedin City kengashi stadion chiqimi (maʼlumotlarga koʻra 1 million AQSh $) kamymaguncha musobaqaga Forsyth Barr stadionida mezbonlik qilmasligini bildirdi.[6][7] Stadin 7ta oʻyinga mezbonlik qiladi, oxirgi oʻyin nimchorak finalda boʻlib oʻtadi.[8]