From Wikipedia, the free encyclopedia
Falastin yerlari yoki Falastin hududlari – sobiq Falastinda Britaniya mandatining ikki hududi boʻlib, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili (jumladan, Sharqiy Quddus) hamda Gʻazo sektoridan iborat. Bu ikki hudud 1967-yilda sodir boʻlgan Olti kunlik urushdan beri Isroil okkupatsiyasi ostida qolmoqda. Xalqaro sud Gʻarbiy Sohil, jumladan, Sharqiy Quddusni „Ishgʻol ostidagi Falastin hududi“ (inglizcha: Occupied Palestinian Territory) deb nomlaydi. Sud 2004-yilda eʼlon qilgan izohda aynan shu atama ishlatilgan[1][2]. 1999-yilning oktyabridan to 2012-yilning dekabriga qadar Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda boshqa xalqaro tashkilotlar „Ishgʻol ostidagi Falastin hududi“ atamasini Falastin milliy maʼmuriyati nazorati ostidagi hududlarga nisbatan qoʻllagan, ammo 2012-yilda Falastin BMTning aʼzo boʻlmagan kuzatuvchi davlatiga aylanganidan keyin, BMT Falastin Davlati atamasini qoʻllay boshlagan[3][4][5][6]. Yevropa Ittifoqi ham „ishgʻol ostidagi Falastin hududi“ atamasidan foydalanadi[7][8]. Isroil hukumati hamda uning tarafdorlari esa „munozarali hududlar“ atamasini ishlatadi[9].
Falastin yerlari الأراضي الفلسطينية al-Arāḍī al-Filasṭīniyya | |
---|---|
Eng katta shahar | Gʻazza |
Maydon | |
• Butun |
6 220 km2 |
Aholi | |
• Roʻyxat |
4 816 503 |
• Zichlik | 654/km2 |
Pul birligi |
|
Vaqt mintaqasi | UTC+2 EET |
Telefon prefiksi | +970 |
Internet domeni |
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.