Fargʻona
Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iktisodiy va madaniy markazi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Fargʻona (1907-yilgacha — Yangi Margʻilon; 1907—1924-yillarda Skobelev, mahalliy talaffuzda — Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali M. D. Skobelev nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri. Maydoni 0,09 ming km². Aholisi 222,4 ming kishi (2004, Fargʻona vodiysidagi shaharlar ichida aholi soni boʻyicha 3-oʻrinda). Shahar Fargʻona vodiysining jan. qismida, Olay togʻlarining etagida, 580 m balandlikda joylashgan. Iklimi kontinental. Oʻrtacha yillik temperatura 13°. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —2,7°, iyulniki 26,4°. Eng past temperatura 27°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 192 mm yogʻin tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida yogʻadi. Gʻarbdan baʼzan qattiq shamol va garmsel, Olay togʻi (Shohimardonsoy vodiysi)dan togʻvodiy shamoli esadi.
Fargʻona shahri | |
---|---|
Viloyat | |
40°23′11″N 71°47′11″E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hukumat | |
• Hokim | Vosiljon Nazarov[1] |
Asos solingan | 1876 |
Avvalgi nomlari |
Skobelev (1910—1924) |
Maydon | 1,003 km2 (387 kv mi) |
Markazi balandligi | 580 m |
Iqlim turi | moʻtadil, subtropik |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek tili |
Aholisi (2020) |
291 100[2] |
Zichligi | 2 902,3 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
oʻzbeklar 91,84% ruslar 2,53% qirgʻizlar 1,36% tojiklar v.b 2,88%[3] |
Konfessiyaviy tarkib | Musulmonlar, Xristianlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 73 |
Pochta indeks(lar)i | 150100 |
Avtomobil kodi | 40-49, (eskisi — 15) |