From Wikipedia, the free encyclopedia
„Farovonlik qoʻriqchisi“ operatsiyasi (inglizcha: Operation Prosperity Guardian) — AQSh mudofaa vaziri Lloyd Austin tomonidan xalqaro yuk tashuvchi kemalarni himoya qilish maqsadida Qizil dengiz va Adan qoʻltigʻida 2023-yil 18-dekabrda eʼlon qilingan hamda AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan boshlab yuborilgan harbiy operatsiya[4][5][6][7][8]. Koalitsiyaning ilk tarkibiga AQSH, Birlashgan Qirollik, Kanada, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ispaniya, Bahrayn va Seyshell orollari kirgan[9][10]. Keyinchalik unga Gretsiya[11], Avstraliya[12] hamda Shri Lanka[13] ham qoʻshilgan. Pentagon bergan maʼlumotga koʻra, navigatsiya erkinligini taʼminlash maqsadida 20 ta davlat ushbu operatsiyada qatnashishga rozi boʻlgan[14][15].
„Farovonlik qoʻriqchisi“ operatsiyasi | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Asosiy nizolar: Isroil–Hamas urushi Yamandagi fuqarolar urushi | |||||||||
„Farovonlik qoʻriqchisi“ operatsiyasining xaritasi | |||||||||
| |||||||||
Raqiblar | |||||||||
AQSh Avstraliya |
|||||||||
Qoʻmondonlar | |||||||||
Lloyd Austin | Abdulmalik al Husiy | ||||||||
Yoʻqotishlar | |||||||||
nomaʼlum | Husiylar bergan maʼlumotlarga koʻra: 5 kishi oʻldirilgan |
2023-yilning 19-noyabrda Yaman husiylari, ularning fikricha, Isroilga boruvchi va Isroildan keluvchi tijoriy kemalarga hujum qilishlarini eʼlon qildilar[16]. Kemalarga qilingan doimiy hujumlar va asirga olishlar navigatsion kompaniyalarning Qizil dengiz orqali suzishni toʻxtatishiga va kemada tashiluvchi yuklar uchun sugʻurta narxining koʻtarilishiga olib keldi[17][18]. Operatsiya eʼlon qilinishidan bir necha kun oldin u haqida ommaviy axborot vositalari xabar topdi[19][20][21].
AQSh harbiy dengiz kuchlari koalitsiya tarkibiga oʻzining USS Dwight Eisenhower aviatashuvchisi (48 ta F/A-18 qiruvchi-bombardirovkachi samolyotga ega), USS Philippine Sea[en], USS Gravely, USS Stethem, USS Carney, USS Mason и USS Laboon esminetslaridan iborat harbiy kemalar guruhi bilan qoʻshilgan[22].
Buyuk Britaniya Qizil dengizga Diamond esminetsini yuborgan[23][24].
Gretsiya koalitsiya kuchlari tarkibiga Hydra[en] yoki bir tipdagi Psara[en] fregatini yuborishni rejalagan[25].
29-dekabr kuni Daniya koalitsiya kuchlariga oʻzining Esbern Snare[en] fregatini qoʻshishini maʼlum qildi[26].
Kanada, Niderlandiya va Norvegiya Qizil degizga faqat shtab ofitserlari guruhini yoʻllash bilan chegaralandi[27].
Avstraliya esa operatsiya shtab-kvartirasiga 11 nafar harbiy xizmatchini yuborishini maʼlum qildi[12].
Seyshell orollari esa maʼlumot almashinish bilan chegaralanadigan boʻldi[28].
2023-yilning 18-dekabrida AQSh mudofaa vaziri Birlashgan dengiz kuchlarining operativ qoʻmondonligi tomonidan xalqaro dengiz savdo aloqalarini Eron qoʻllovida boʻlgan husiylar hujumidan himoya qilish maqsadida „Farovonlik qoʻriqchisi“ deb nomlangan operatsiyaning boshlanganini maʼlum qildi[29].
2023-yilning 18–23-dekabr kunlari husiylar dron va ballistik raketalar bilan Qizil dengizni kechib oʻtayotgan 5 ta kemaga hujum uyushtirdilar[30][31].
2023-yil 31-dekabr kuni AQSh harbiy vertolyotlari Qizil dengizda Maersk Line kompaniyasining konteyner tashuvchi kemasiga hujum qilgan husiylarga tegishli 3 ta katerni choʻktirib yubordi[32][33].
2024-yilning 3-yanvarida AQSh va uning ittifoqdoshlari husiylarga navigatsiya erkinligini buzuvchi harakatlarni toʻxtatish boʻyicha ultimatum qoʻyishdi[34].
2024-yilning 9-dan 10-yanvarga oʻtar kechasi Buyuk Britaniyaning eskadrali minatashuvchi HMS Diamond kemasi AQSh kemalari bilan birgalikda husiylarning Qizil dengizdagi katta hujumini qaytarishdi[35].
2024-yil 11-yanvar kuni BMT Xavfsizlik kengashi husiylarning Qizil dengizda olib borayotgan agressiv harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Xavfsizlik kengashining 11 aʼzosi bu rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi, qarshi ovoz berilmadi, 4 aʼzo davlat ovoz bermadi (Jazoir, Mozambik, Rossiya va Xitoy)[36].
Husiylar kemalarga hujum qilishni toʻxtatish haqidagi ultimatumni inkor qilganidan soʻng, 2024-yil 12-yanvarda AQSh va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari Husiylarning Yamandagi harbiy obyektlariga aviazarbalar berdilar[37].
13-yanvar kuni Yamandagi harbiy obyektlarga yana hujumlar uyushtirildi[38].
15-yanvarda Eagle Bulk kompaniyasiga qarashli „Eagle Gibraltar“ kemasining chap yon bortiga raketa kelib urildi. Hujum vaqtida kema Adan shahridan 177 km uzoqlikda boʻlgan. Husiylar ushbu hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmalariga olmadilar[39].
16-yanvar kuni Qizil Husiylar dengizning janubiy qismidan oʻtayotgan, Malta bayrogʻi ilingan „Zografia“ yuk kemasiga raketa zarbasi berdilar[40], bu haqda AQSh harbiy kuchlari markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) xabar berdi[41].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.