Fei Xiaotong
From Wikipedia, the free encyclopedia
Fey Siaotong (1910-yil 2-noyabr - 2005-yil 24-aprel) — xitoylik antropolog va sotsiolog. Xitoy etnik guruhlarini oʻrganishda qator tadqiqot ishlari bilan tanilgan. 1930-yillarda u hamkasblari bilan birgalikda Xitoy sotsiologiyasiga asos soldi. Oʻzi yashab turgan hududning ijtimoiy va madaniy hayotini dunyo hamjamiyatga tanitishda Fey Siaotongning sotsiologik va antropologik tadqiqotlari salmoqli ahamiyatga ega. U umrining soʻnggi yillarida Pekin universitetida sotsiologiya fanidan talabalarga dars bergan.[1]