From Wikipedia, the free encyclopedia
Fotiha surasi (arabcha: , nomining maʼnosi — Ochuvchi[8][9]) — Qurʼonning 1-surasi. Makkiy suralardan biri, 7 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 1[10]-sahifasida va 1-juzida joylashgan. 5-boʻlib nozil boʻlgan. Qurʼon nusxalarida Makkada nozil qilingan deb kelinayotgan boʻlsa-da, tafsir va hadislarda u Madinada ham takroran nozil qilingan, deyiladi. Shuning uchun ham bu suraning nomlaridan biri — „Sabʼul-masoniy“, yaʼni „ikki bor nozil qilingan yetti oyat“ demakdir.
Fotiha surasi — سورة الفاتحة | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Ochuvchi[1][2] | ||||||||||||
Boshqa nomlari | Ummul Qurʼon | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 1[4] | ||||||||||||
Juz | 1 | ||||||||||||
Sura raqami | 1 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 7 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 1[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 29 | ||||||||||||
Harflar soni | 139 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 5[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Suraning 10 ga yaqin nomlari boʻlib, ulardan eng mashhuri „Fotiha“, yaʼni, „ochuvchi“ — suralarning joylashishi boʻyicha avvalida qoʻyilgani uchun unga shu nom berilgan. „Al-Hamdu“ soʻzi bilan boshlangani uchun bu nom bilan ham ataladi. Islom dini mafkurasi va ahkomlarini muxtasar shaklda oʻzida mujassam etgani uchun „Ummul-Qurʼon“, yaʼni „Qurʼonning onasi“ nomi berilgan. Mazkur 7 oyatni sharhlab baʼzi mufassirlar bir necha jildlik asar yozib qoldirganlar.
„Bismillohir Rahmonir Rahim“ oyati „Fotiha“ surasining tarkibiga kiradimi yoki u keyin qoʻshib qoʻyilganmi degan masalada mujtahidlarning baʼzilari uni shu suradan deb sanaganlar. Boshqalar esa Qurʼondagi 113 ta sura boshlanishidagi hamma „Bismilloh“lar ham suralarining tarkibiy qismidan emas, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi — fosila sifatida joylashtirilgan, deganlar. „Bismilloh“ oyati faqat bir joyda — Naml surasining 30-oyatida kelgan, deb taʼkidlaydilar.
Abu Hanifa (Imom Aʼzam) ham shu fikrda boʻlganlar. Shuning uchun hanafiy mazhabiga mansub xattot va noshirlar tomonidan koʻchirilgan va chop etilgan Qurʼon nusxalarida, xususan Turkiya va Pokistonda nashr etilgan nusxalarda „Fotiha“ surasining boshida kelgan „Bismilloh“ga raqam qoʻyilmaydi. Arab dunyosida chiqadigan Qurʼonlarda esa unga birinchi raqam, „Fotiha“ surasining birinchi oyatiga esa 2 raqamini qoʻyadilar.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.