britaniyalik aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia
Freya Allan (6-sentabr, 2001-yil, Oxford, Birlashgan Qirollikda tugʻilgan) — buyuk britaniyalik aktrisa. Allan Netflix suratga olgan serial — The Witcherda Cintra saltanati taxt vosirisi malika Cirilla roli bilan mashhur. U, shuningdek, 2021-yilgi Gunpowder Milkshake filmida yosh Sam sifatida va AMC telekanali efirga uzatgan Into the Badlands filmida yosh beva ayol sifatida paydo boʻladi.
Freya Allan | |
---|---|
Allan 2024-yilda bo'lib o'tgan San Diego Comic Conda | |
Tavalludi |
6-sentyabr 2001-yil |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 2017-hozirgacha |
Freya Allan 2001-yilning 6-sentyabr sanasida Angliyaning Oksford shahrida tug‘ilgan va ushbu shahardagi Headington maktabida tahsil olgan[1][2]. Allan oʻzining sanʼatkorlik taʼlimini Buckinghamshireda joylashgan Beaconsfielddagi National Film and Television School (Mahalliy film va televedeniye maktabi)da davom ettiradi.
U yerda aktyorlik faoliyati doirasida ikkita qisqa metrajli filmlar— Bluebird and The Christmas Tree filmlarida rol oʻynaydi. Allan Bournemouth san'at universitetida oʻqishni davom ettiradi va u yerda Captain Fierce qisqa metrajli filmida Linda rolini ijro etadi[3].
Allan 2019-yilgi BBC telekanali efirga uzatgan dramatik britaniya televizion seriali — "The War of the Worldsning birinchi epizodida kichik rol oʻynagan[4].
Oʻsha yili u Schön! jurnali oʻzlarining 10 yilligini nishonlayotgan paytda, jurnalning birinchi muqovasida paydo boʻldi[5].
Allan Netflix original seriali The Witcherda Ciri rolidagi Anya Chalotra hamda Henry Cavill bilan birga rol oʻynaydi. Bu serial polshalik yozuvchi Andrzej Sapkowskining The Witcher kitoblari seriyasidan Lauren Schmidt Hissrich tomonidan moslashtirilgan fantastik dramadir.
U dastlab birinchi epizodda kichik rolga tayinlangan, ammo keyinchalik Ciri obrazida, asosiy rol sifatida qayta ishlagan[6]. Allan sakkiz oy davomida Vengriyaning Budapesht shahrida yashaydi va ushbu davr mobaynida serialning birinchi mavsumi suratga olinadi[7]. Aktrisa 2020-yil boshida Londonda ishlab chiqarilgan va 2021-yilda Netflix-da chiqarilgan "The Witcher" filmining ikkinchi mavsumida ham rol o‘ynagan[8][9].
Allan 2021-yilgi Saturn mukofoti uchun teleserialdagi yosh aktyor tomonidan eng yaxshi ijro nominatsiyasiga nomzod boʻladi[10]. Allan qahramoni Ciri 2-mavsumda Witcher bilan birga jangchi boʻlish uchun mashgʻulotlarda paydo boʻladi[11].
2021-yilda Allan Ruby Barker bilan birga boʻlajak Baghead qoʻrqinchli filmida bosh rolga tayinlangan. Film rejissyori Alberto Corredor boʻlgan[12].
Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar | Mnb. |
---|---|---|---|---|
2017 | Bluebird | Caitlin | Qisqa metrajli film | |
The Christmas Tree | Christmas tree girl | |||
Captain Fierce | Linda | |||
2021 | Gunpowder Milkshake | Young Sam | ||
TBA | Baghead | |||
Yil | Sarlavha | Rol | Izohlar | Mnb. |
---|---|---|---|---|
2018 | Into the Badlands | Young Minerva | 1ta epizod | |
2019 | The War of the Worlds | Mary | 1ta epizod | |
2019-present | The Witcher | Cirilla „Ciri“ | Bosh rol | [13] |
2020 | The Third Day | Kali | Miniserial; 5ta epizod | |
Yil | Mukofot | Kategoriya | Nomzod serial/film | Natija | Mnb. |
---|---|---|---|---|---|
2021 | Saturn Awards | Best Performance by a Younger Actor on a TV Series | The Witcher | Nominatsiya | [14] |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.