Futbol klubi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Futbol klubi — futbol boʻyicha musobaqalarda ishtirok etuvchi sport tashkiloti. Klub tarkibida sportchi-futbolchilardan tashqari bosh murabbiy va uning yordamchilari, klub menejerlari, shifokorlar va boshqa xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ham boʻladi. Asosiy jamoa bevosita yigirma ikki nafar boʻlgan oʻyinchilardan tashkil topadi.
Bitta klub ixtiyorida har turli divizionlarda ishtirok etuvchi bir necha jamoa, oʻsmirlar jamoasi, sport maktablari, stadion va mashgʻulot oʻtkazish bazasi boʻlishi mumkin[1].