From Wikipedia, the free encyclopedia
Gabriel García Márquez (talaffuzi: Gabriel Garsia Markes; 1927-yil 6-mart, Arakataka; 2014-yil 17-aprel, Mexiko shahri) kolumbiyalik yozuvchi, ssenarynavis va jurnalist. „El Espectador“ gazetasining Bogota va Yevropadagi muxbiri boʻlgan.
Gabriel García Márquez | |
---|---|
Asl ismi | Gabriel Garsiya Markez |
Tavalludi |
6-mart 1927-yil Kolumbiya, Arakataka |
Vafoti |
17-aprel 2014-yil (87 yoshda) Meksika, Mexiko |
Ijod qilgan tillari | Ispan tili[1] |
Fuqaroligi | Kolumbiya |
Yoʻnalish | Sehrli realizm |
Janr | Romanchilik, hikoyanavislik |
Shoh asari |
Yolg‘izlikning yuz yili, Polkovnikka hech kim yozmaydi |
Mukofotlari | Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1982) |
Imzosi | |
Gabriel Garsia Markes Kolumbiyaning Arakataka shahrida Gabriel Eligio Garsiya va Luisa Santyaga Markes Iguaran oilasida tugʻilgan[2]. Garsiya Markes tugʻilgandan koʻp oʻtmay uning otasi farmatsevt boʻldi va xotini bilan Barranquillaga koʻchib oʻtdi. Garsia Markes bobo-buvisi Dona Tranquilina Iguaran va polkovnik Nikolas Rikardo Markes Mejia bilan qoldi[3]. 1936-yil dekabr oyida otasi uni va ukasini Sincega olib ketdi, 1937-yil mart oyida bobosi vafot etdi[4]. Keyin oila avval Barranquillaga, keyin esa Sucrega koʻchib oʻtdi. U yerda otasi dorixona ochadi[5].
Markes dastlab ssenariylar yozgan. „Toʻkilgan yaproqlar“ (1955), „Polkovnikka hech kim yozmaydi“ (1958), „Gʻarazli soat“ (1962) povestlari realistik ruhda yozilgan, „Grande-Ona dafn marosimi“ (1962) toʻplamiga kirgan hikoyalari fantastikaga boy. „Yolg‘izlikning yuz yili“ (1967—70) roman epopeyasi Kolumbiya tarixiga bagʻishlangan. „Vabo va muhabbat“ (1985) romanida folklor va mifologiyadan foydalanib, oʻziga xos milliy ongni tiklashga harakat qilgan. Gabriel Márquez’ning „Yolg‘izlikning yuz yili“ (1986) romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1982).
García Márquez 2014-yil 17-aprelida Mexikoda zotiljamdan vafot etdi[6][7][8].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.