From Wikipedia, the free encyclopedia
Gerxard Myuller (nemischa: Gerxard „Gerd“ Myuller)—Gʻarbiy Germaniyalik futbolchi. Jahon,Yevropa va 3 karra Yevropa Chempionlar kubogi gʻolibi. Gerd Myuller 1945-yil 3-noyabrda Germaniyaning AQSH armiyasi egallab turgan qismi Bavariyaning Nyordlingen hududida tavallud topgan."Bavariya" va Germaniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan. Futbol tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri[2].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gerhard Müller | ||
Tavallud sanasi | 3-noyabr 1945-yil | ||
Tavallud joyi | Nördlingen, Germaniya | ||
Vafot sanasi |
15-avgust 2021-yil (75 yoshda) | ||
Vafot joyi | Wolfratshausen, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.76 m (5 ft 9 1⁄2 in)[1] | ||
Ampluasi | Striker | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1958–1963 | 1861 Nördlingen | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1963–1964 | 1861 Nördlingen | 31 | (51) |
1964–1979 | Bayern Munich | 453 | (398) |
1979–1981 | Fort Lauderdale Strikers | 71 | (38) |
Total | 555 | (487) | |
Milliy terma jamoa | |||
1966 | West Germany U23 | 1 | (1) |
1966–1974 | West Germany | 62 | (68) |
Boshqargan klublari | |||
1992–2014 | Bayern Munich II (assistant) | ||
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
G'arbiy Germaniya terma jamoasi bilan xalqaro miqyosda 62 ta oʻyinda 68 ta gol urgan. Klub darajasida „Bavariya“ safida 15 yil davomida milliy chempionatda 427 ta oʻyinda 365 ta gol urdi. Yevrokuboklarda 74 ta oʻyinda 65 ta gol urdi. Myullar eng yaxshi 48 ta oʻyinchiga qaraganda kam oʻyin oʻtkazganiga qaramay eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida 21-oʻrinni egallab turibdi. Eng yaxshi toʻpurarlar orasida u har bir oʻyinda gol urish boʻyicha uchinchi oʻrinni egallab turibdi.
1970-yil Myuller Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. „Bavariya“ bilan muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng u 1970-yilgi Jahon chempionatida 10 ta gol urib musobaqaning eng yaxshi toʻpurari sifatida „Oltin butsa“ni qoʻlga kiritgan.1972-yilda Yevropa chempionatida u finalda ham 2 ta gol urib eng yaxshi toʻpurarga aylangan. Ikki yil oʻtgach u Jahon chempionatida 4 ta gol urgan.
Mundiallarda 14 ta gol urgan Myuller 32 yil davom etgan rekordni oʻrnatgan (Uning rekordi avval braziliyalik Ronaldo tomonidan, keyin esa hamyurti Miroslav Kloze tomonidan rekord yangilangan)[3].1999-yilda u Yevropaning „Asrning eng yaxshi futbolchisi“ tanlovida 9-oʻrinni egalladi.Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS)[4] „Asrning eng yaxshi futbolchisi“ tanlovida 13-oʻrinni egalladi. 2004-yilda Pele Myullerni FIFA-100 roʻyxatiga kiritgan[2].
Gerd Myullerning otasi Geynrix Myuller yuk mashinasi haydovchisi boʻlib ishlagan, onasi Karolina uy bekasi edi. Gerd oilada olti farzandning eng kichigi edi.
Myuller olti yoshidan futbol oʻynashni boshlagan va bu faoliyatga juda qiziqib qolgan.15 yoshida otasi vafotidan keyin maktabni tashlab paxta zavodiga ishlashga majbur boʻldi. Ammo Gerd barcha boʻsh vaqtini sevimli mashgʻuloti futbolga bagʻishlagan[5].
Myuller professional futbolchilik faoliyatini 1960-yilda „TSV-1861“ klubida boshlagan.1964-yilda u Myunxenning „Bavariya“siga koʻchib oʻtgan. Müller quyi ligada oʻynashga ham rozi boʻlgan. Gerdning jamoadoshlari boʻlajak nemis futbol yulduzlari Frans Bekkenbauer va Zepp Mayer edi. Bir mavsum oʻtgach klub Bundesliga oʻynashni boshlagan.
Myuller 1960-1970-yillarda Yevropa futbolining deyarli barcha sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Gerd bu gʻalabalarga munosib hissa qoʻshgan. Bundesligada 427 ta oʻyinda 365 ta gol urgan (oʻzidan keyingi Klaus Fisherdan 97 ta koʻp).1971/72-yilgi mavsumda u 40 ta gol urdi va bir mavsumda gol urish boʻyicha Bundesliga rekordini oʻrnatgan. Robert Lewandowski 2020/2021-yilgi mavsumda 41 ta gol urganiga qadar bu rekord saqlanib qolgan[6]. Bundan tashqari Myuller Yevrokuboklardagi urilgan gollar boʻyicha rekordchiga aylangan. Gerd Yevrokuboklarda 77 ta oʻyinda 69 ta gol urgan (2010-yil 20-oktyabrda bu rekord ispaniyalik Raul tomonidan yangilangan). Gerd 1970/1971-yilgi „Yarmarkalar kubogi“ musobaqasida ham 7 ta gol urgan, lekin bu musobaqa UEFA tomonidan oʻtkazilmagan edi. Gerd bir taqvimiy yilda eng koʻp gol urish boʻyicha rekordi uzoq yillar yangilanmagan. Müller 1972-yilda[7] 85 ta gol urgan, to 2012-yilda Lionel Messi[8] bu rekordni yangilamaguncha rekord unga tegishli edi.
1979-yilda Myuller Amerika Qoʻshma Shtatlarga joʻnab ketgan va u yerda Shimoliy Amerika futbol ligasining „Fort-Loderdeyl Straykers“ klubida 3 mavsum davomida oʻynagan. Bu mavsumlarda esa 40 ta gol urgan. U jamoasi bilan „Soccer Boul“ musobaqasi finaligacha chiqdi va finalda esa „Nyu-York Kosmos“ klubiga 0:3 hisobda magʻlub boʻlishgan.
Gerd Germaniya terma jamoasidagi debyutini 1966-yil 12-oktyabrda Turkiyaga qarshi oʻtkazgan[9]. U terma jamoada 62 ta oʻyin oʻtkazib 68 ta gol urgan. Myuller oʻtkazgan oʻyinlaridan koʻra urgan gollari koʻp boʻlgan kam sonli futbolchilardan biridir.
Futbolchi terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini 1974-yilgi Germaniyada boʻlgan Jahon chempionati finalida oʻtkazgan.1974-yil 7-iyul kuni Myunxengi finalda Gʻarbiy Germaniya Gollandiya terma jamoasini finalda 2:1 hisobda magʻlub etgan va gʻalaba toʻpini Myuller kiritgan edi. Myuller 28 yoshida terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Bunga sabab sifatida esa oilasi bilan koʻproq vaqt oʻtkazish bilan izoxlagan[10].
Yuqorida taʼkidlaganimizga koʻra Myuller Jahon chempionatlarida urilgan gollar soni boʻyicha uzoq vaqt rekordchi boʻlib kelgan. Qiziq fakt bor shu yerda 2006-yilgi Germaniyada oʻtgan Jahon chempionatida braziliyalik Ronaldo Gerdning rekordini yangilagan. Lekin 2014-yilgi Braziliyada oʻtgan Jahon chempionatida germaniyalik Miroslav Kloze braziliyalik Ronaldo oʻrnatgan rekordni yangilagan. 2014-yilgacha Gerd terma jamoada eng koʻp gol urgan futbolchi edi. Uning rekordini yana oʻsha biz bilgan Kloze yangiladi. Lekin Kloze 69 ta golni urish uchun 132 ta oʻyin oʻtkazganligini hisobga olish kerak[11].
1982-yil nafaqaga chiqqan Gerd depressiyaga tushib alkogolga ruju qoʻygan. Uning klubdagi sobiq hamkorlari uni davolanish kursi oʻtashga koʻndirishgan. Keyin unga „Bavariya“ havaskorlar jamoasiga murabbiylik qilishni taklif etishgan[12][13]. Adidas kompaniyasi Gerd Myuller nomi bilan liboslar kolleksiyasini chiqargan.
Myuller 2009-yil 1-oktyabrda dunyo yuzini koʻrgan „PerfectGoal“ onlayn futbol menejer oʻyini qoʻllab quvvatlagan.
2015-yilda Gerd qariyalar uyiga tushib qoldi. Bu vaqtda Alsgeymer kasalligi bilan ogʻrigan edi[14].
2021-yil 15-avgustda Gerd Myuller 75 yoshida vafot etgan[15].
Gerd xotini bilan ajrashgan va qizi bor.
Myuller kichkina, zarbasi kuchli futbolchi edi. U qisqa masofalarda tez tezlasha olardi. Bosh bilan oʻynashi ham aʼlo darajada edi. Eng muhimi gol urish instinkti bor edi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.